Telegram’ga qarshi behuda jang: Roskomnadzor adashib, Amazon IP-manzillariga kirishni yopib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1763
  •  17.04.2018 08:43

Telegram’ga qarshi behuda jang: Roskomnadzor adashib, Amazon IP-manzillariga kirishni yopib qo‘ydi

Foydalanuvchilarning yozishmalarini shifrlash kalitlarini bermagani sababli, Roskomnadzor mamlakat hududida Telegram messenjerini bloklay boshlaganidan xabaringiz bor. Kecha – 16 aprelda nafaqat Rossiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham bu ilovaning ishlashida muammolar yuzaga keldi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Roskomnadzor mamlakatda Telegram’ning faoliyatini to‘xtatish uchun IP-manzillarni bloklay boshlagan. Bu esa kutilmagan holatlarga olib kelgan. Jumladan, Amazon bilan bog‘langan naq 655 532 ta IP-manzil bloklanib qolgan.

O‘QING: Telegram'ning O‘zbekistonda ma’lum vaqt ishlamay qolishi Rossiyadagi voqealar bilan bog‘liqmi?

TJournal nashrining yozishicha, bloklanib qolgan IP-manzillar 52.58, 18.196, 18.194, 35.156 bilan boshlanadi. Bu esa shu bilan bog‘liqki, Telegram cheklovni aylanib o‘tish uchun Amazon IP-manzillaridan foydalana boshlagan.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, ayrim manzillar chindan ham blokirovkani aylanib o‘tishda qo‘llangan. Roskomnadzor reyestrida ko‘rsatilgan IP-manzillar Telegram bilan bog‘liq emas, shunga qaramay, regulyator ulardan bir necha mingtasiga ulanishni yopib qo‘ygan.

Shu bilan birga, Telegram to‘liq bloklanib ham qolmagan – ayrim hollarda u VPN yoki proksi-serverlarsiz ham ishlamoqda. Xullas, voqealar rivoji qiziq ketayotir, ularni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Ayni Telegram bloklanayotganida, Opera VPN – cheklovni «aylanib o‘tish» servisi ham to‘xtatilyapti