Telegram yangilandi – animatsiyali stikerlarni yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  4813
  •  08.07.2019 11:30

Telegram yangilandi – animatsiyali stikerlarni yuklab oling!

Ommabop messenjerda «jonli», ya’ni animatsiyalangan stikerlar paydo bo‘lishi haqida birinchilardan bo‘lib Terabayt.uz saytining Telegram-kanali orqali xabar bergandik. Nihoyat, dasturchilar jamoasi shu va boshqa yangiliklarni o‘z ichiga olgan apdeytni taqdim etishdi.

O‘QING: Telegram 5.8 talqinida geochatlar va boshqa yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Telegram bir vaqtning o‘zida messenjerning iOS hamda Android, shuningdek, desktop platformalar uchun taqdim etilgan kliyentlarini yangiladi. Yangi versiyadagi ilovalarning asosiy yangiligi – animatsiyali stikerlarning joriy qilinganligidir.

Kompaniyadan xabar berishlaricha, animatsion stiker hajmi atigi 20-30 kilobitga teng, ya’ni unga standart fotosuratdan ham olti baravarga kam trafik sarflanadi! Shu boisdan ham «jonli» stikerlar hatto tezligi o‘ta past bo‘lgan internet sharoitlarida ham bemalol ishlaydi. Bundan tashqari, animatsiyali stikerlarning barchasi soniyasiga 60 kadrgacha chastotada ijro etiladi, shu bois ularning ravonligi ta’minlanadi.

Animatsiyalangan stikerlarni topish uchun dastlab Telegram ilovangizni yangilashingiz lozim. Keyin uning emotikonlar va stikerlar panelidagi «Ommaboplari» – «Populyarnoye» (alanga belgichali) varaqasidagi hozirgacha mavjud «jonli» stikerlarni ko‘rasiz. O‘rnatib olinganidan keyin esa stikerlarni tegishli smayliklar orqali ham «chaqirish» mumkin bo‘ladi.

Yangi animatsiyali stikerlar esa mana bu maxsus kanalda e’lon qilib boriladi.

O‘QING: Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Ayni damda esa allaqachon tayyor bo‘lgan bir nechta «jonli» stiker to‘plamlari mavjud va quyida keltirilgan nomlari ustiga bosib, ularni yuklab olish mumkin:

Agarda o‘zingiz ham animatsiyali stiker yasashga qiziqsangiz, u holda buni @stickers boti orqali amalga oshirasiz. Yangi «jonli» stikerlarni yasash uchun qanday talablar qo‘yilganligini esa mana bu havola orqali Telegram rasmiy saytidan (ingliz tilida) o‘qib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!