Telegram yaralganidan beri hali bunaqa shuhratga erishmagan edi!

  •   DiMaX
  •  910
  •  13.01.2021 10:59

Telegram yaralganidan beri hali bunaqa shuhratga erishmagan edi!

Kuni kechagina biz WhatsApp messenjerining foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomasiga o‘zgarishlar kiritilgani haqida yozgan edik. Uning yangi siyosati esa boshqa bir – Telegram platformasining foydasiga xizmat qilgan.

O‘QING: Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qilib chiqdi

Messenjer asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida yozishicha, yanvar oyining birinchi haftasi mobaynida Telegram faol foydalanuvchilar bazasi oyiga 500 million kishidan oshgan. Oxirgi 72 soatning o‘zidayoq bu platformaga 25 million nafardan oshiq yangi foydalanuvchi ulangan. Ularning 38 foizi Osiyo, 27 foizi Yevropa va 21 foizi Lotin Amerikasi mamlakatlaridan bo‘lgan yuzerlardir.

Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga solishtirganda sezilarli o‘sishdir – unda Telegram’ga kuniga 1,5 million nafar yangi foydalanuvchi qo‘shilayotgan edi. Messenjerning yetti yillik faoliyati davomida ilovani yuklab olishda keskin o‘sishlar bo‘lgan, lekin bu gal hammasi boshqacha, deydi Durov.

Uning ta’kidlashicha, bularning bariga asosiy sababchi – Telegram servisida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va xavfsizligi mustahkam himoyalanganligidir. Kishilar endi o‘z maxfiyligini bepul xizmatlarga alishtirishni istamay qo‘ygan. Ular texnologik monopoliyalarning asiri bo‘lishni xohlashmayapti, deydi messenjer asoschisi.

O‘QING: Pavel Durov: «Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatlari bepul bo‘lib qoladi!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.