Terashop.uz’dan 999 000 so‘mgacha narxga qanday smartfonlar olish mumkin?

  •   DiMaX
  •  7396
  •  03.09.2018 08:25

Terashop.uz’dan 999 000 so‘mgacha narxga qanday smartfonlar olish mumkin?

O‘zimizga yoki biror yaqinimizga telefon tanlar ekanmiz, uning texnik xususiyatlari, dizayni, markasi kabi talablardan tashqari, narxi ham katta rol o‘ynaydi. Bugun biz Terashop.uz onlayn do‘konimizdan 999 000 so‘mgacha narxda olishingiz mumkin bo‘lgan smartfonlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining yangilangan narxlari – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi! (2018 yil 25 avgust)

1. Eng zo‘r kompaniyaning eng arzon smartfoni

Internet-do‘konimizda ayni damda eng hamyonbop bo‘lgan telefon aynan eng yetakchi smartfonsoz mahsuloti – Samsung Galaxy J1 (2016) modeli hisoblanadi. Ammo uning funksiya va xususiyatlariga qarasangiz, bir zamonlar eng zo‘r flagman bo‘lgan Samsung I9305 Galaxy S III hamda Samsung I9300I Galaxy S3 Neo kabilar bilan salkam bir xil. To‘rt yadroli Samsung Exynos 3 protsessoriga va 4.5 dyuymlik ekranga ega ushbu smartfon 4G tarmog‘ida ham ishlay oladi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda Samsung Galaxy J1 (2016) smartfoni ikki xil – qora va tillarang korpuslarda taklif etilmoqda, har ikkalasining ham narxi 660 000 so‘mni tashkil etadi. Ulardan birini tanlab, xususiyatlari bilan batafsil tanishish hamda onlayn tarzda buyurtma berish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

2. Xalqparvar smartfonsozning zo‘r kamerafoni

Xiaomi o‘zining sifati narxidan baland smartfonlari bilan tanilgan; uning onlayn do‘konimizdagi eng hamyonbop telefoni esa Redmi 5A rusumli gadjetining 2/16 GB xotirali talqinidir. Bu telefon «Malika»dagi eng arzon kamerafon sifatida ham tanilgan, tag‘in suratga olish borasida o‘zidan 10 baravar qimmat iPhone X bilan bellashishga tayyor!

Tezkor va doimiy xotirasi hajmi 2/16 gigabaytga teng bo‘lgan Redmi 5A bizning onlayn do‘konimizda ikki xil rangdagi korpuslarda savdoga qo‘yilgan. Ulardan tillarang variantini 800 000 so‘mga xarid qilish uchun mana bu, kulrang korpuslisini 830 000 so‘m evaziga olish uchun esa mana bu havolalar orqali tegishli sahifalarga o‘tasiz.

Darvoqe, ayni shu smartfonning 2/32 gigabaytlik xotiraga ega talqini ham bor. Kulrang korpusli mazkur devaysni mana bu havola orqali 889 000 so‘mga sotib olishingiz mumkin. Tabiiyki, o‘sha sahifalarda ushbu 4G-smartfonning texnik xususiyatlari bilan ham tanishib chiqish imkoni mavjud.

3. Yana Samsung, ammo boshqa modeli

O‘tgan yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar orasida janubiy koreyaliklarning Galaxy J2 Prime modeli ham mavjud. To‘rt yadroli protsessorga hamda 1.5/8 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega bo‘lgan bu gadjet Terashop.uz’da ham sotuvga qo‘yilgan.

Chegirma bilan taklif qilinayotgan, tillarang tusdagi Samsung Galaxy J2 Prime smartfoni narxi 836 000 so‘mni tashkil etadi. Uning texnik jihatlari bilan tanishish hamda buyurtma berish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Ayni shu modelning kumushrang korpuslisini 935 000 so‘mga olish uchun esa mana bu havola yordamida xarid sahifasiga kirishingiz mumkin.

4. Xiaomi’ning munosib raqibi

O‘zbekiston bozoriga yaqindan beri rasman kirib kelgan Meizu kompaniyasi ham yurtdoshlarimiz ishonchini qozonib kelayotgan smartfonsozdir. Ammo Xitoyning o‘zida u Xiaomi’ning asosiy raqobatchisi hisoblanadi: mahsulotlari bir xilda sifatli va hamyonbop. Jumladan, 8 yadroli protsessorga, 2/3 GB tezkor va 16/32 GB ichki xotiraga ega Meizu M6 flagmani ham.

Meizu M6 modeli 5,2 dyuymli HD (1280×720), 2,5D effektli shisha bilan qoplangan ekran, 4 yadroli, chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan Mediatek MT6750 (Cortex A53) protsessoriga ega. Mazkur 4G-smartfonning 2/16 gigabaytlik xotirali, qora korpusga ega talqini uchun 884 000 so‘m miqdorida narx belgilangan – uni xarid qilish uchun mana bu havola ustiga bosing. Ayni shu modelning 3/32 gigabayt xotiraga ega, qora rangdagisini esa mana bu havola orqali 994 000 so‘m evaziga olish imkoni ham bor.

5. «Xitoycha Apple»ning eng arzon yangi modeli

Qo‘sh datchikli kameralar dastlab flagmanlarda qo‘llana boshlagan esa-da, Xiaomi bu yechimni o‘zining arzon smartfonlar turkumida ham qo‘llamoqda. Shulardan biri – Redmi 6A modeli o‘zining 13 hamda 5 megapikselli sensorlardan tashkil topgan bosh kamerasi bilan maqtana oladi. Old kamera esa 5 megapiksel aniqligida surat oladi.

Ushbu 4G-smartfon «Facial recognition» funksiyasi bilan ta’minlangan, ya’ni old kamera foydalanuvchi yuzini tekshiruvdan o‘tkazib, tizimni ochadi. Terashop.uz do‘konimizda uning 2/16 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega, kulrang korpusli talqini taklif etilmoqda. Uning qolgan xususiyatlari bilan tanishish hamda 889 000 so‘m evaziga onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

6. Meizu’ning metall flagmani

Garchi o‘tgan yilning fevralida taqdim etilgan bo‘lsa-da, Meizu M5s nomli hamyonbop telefoni hamon bozorda dolzarbligini yo‘qotmagan. Sababi oddiy: hamyonbop narx, 1280x720 pikelli tasvir aniqligiga ega 5,2 dyuymli ekran, 8x1,3 GGs chastotali 8-yadroli protsessor, 3/16 Gb xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameralar...

Keyingi modellardagi ko‘plab Meizu smartfonlaridagi kabi, ushbu devays ham mTouch 2.1 standartidagi «Home» tugmasidan o‘rin olgan barmoq izi skaneriga ega. Xullas, tillarang korpusdagi Meizu M5s modelini Terashop.uz internet-do‘konimizda 943 000 so‘mga olish uchun mana bu havola orqali xarid sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

7. Modeli – Redmi 5, bahosiyam 5!

Redmi 5 – Xiaomi'ga xos hamyonbop, shu bilan birga zamonaviy «istarali» va chiroyli, narxi va sifatini taqqoslaganda xaridorni shod qiladigan gadjetlarning eng yaxshisi. Metall korpus, 18:9 standartidagi 5,7 dyuymlik IPS-ekran, 8 yadroli Snapdragon 450 chipi, barmoq izi skaneriga ega.

Onlayn do‘konimizda ayni shu modeldagi 4G-smartfonning 2/16 gigabayt xotiraga ega talqini (korpusining tusiga qarab) 999 000 so‘m evaziga taklif etilmoqda. Marhamat, tillarang tusdagi Redmi 5 smartfonini mana bu, pushti korpusdagi variantini esa mana bu havolalar orqali sotib olishingiz mumkin.

XULLASI KALOM, Terashop.uz xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, eng ommabop va sifatli telefonlarni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlarga yetkazib berish bepul!

Onlayn xaridingiz Toshkent shahridagi buyurtmachilarga 12 ish soati, viloyatlarga esa ikki ish kuni ichida yetib boradi!

Terashop.uz’da mijozlar uchun qulay bo‘lgan to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Shuningdek, xaridingiz haqqini buyurtma qo‘lingizga tekkanida ham to‘lashingiz mumkin (batafsil ma’lumot uchun: +998 (97) 773-44-12).

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)