TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra (2 qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra (2 qism)

Operatsion tizim va S Pen imkoniyatlari

Galaxy S22 Ultra smartfoni Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Smartfonda stilusi bo‘lganligi bu unda qo‘shumcha imkoniyatlar bo‘lishini ta’minlaydi. S Pen avvalgi Note20 Ultra'dagi stilus bilan bir xil hamda bir necha yangi imkoniyatlarni hisobga olmasak funksonallik ham o‘zgarmagan.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra

Stilusning yangi funksiyalaridan biri Quick Note deb ataladi. Ushbu funksiya veb-sahiflarni albom sifatida Samsung Notes ilovasiga qo‘sha oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Quick Note faqatgina Samsung Internet brauzeri bilan ishlay oladi holos.

Skrinshot: GSMArena

Yana bir yangi funksiya bu Collaboration View bo‘lib, u orqali Samsung Notes ilovasidan bir vaqtning o‘zida ham S22 Ultra, ham Galaxy planshetlarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Misol uchun, rasm chizayotgan vaqt mo‘yqalamlarni S22 Ultra'da boshqarib, planshetni surat ramkasi sifatida ishlatish mumkin.

Yangi S Pen orqali endi S22 Ultra yana qo‘shimcha 12 ta tildagi qo‘l yozuvlarni taniy oladi. Ushbu tillarning umumiy soni esa 88 taga yetdi. Agar bu Samsung Notes ilovasining yangi imkoniyati bo‘lsa, ushbu yangilik tez orada S21 Ultra hamda Note20 Ultra modellarida ham paydo bo‘ladi.

Foto: GSMArena

S Pen'ning yozish kechikishi ham qisqardi. Note20 Ultra'da tanishtirilgan sun’iy intellekt prognoz nuqtasi qo‘l yozmani qayergacha davom etishini taxmin qilib, kechikish vaqtini 9ms ga kamaytiradi.

S Pen o‘zining alohida batareykasiga ega. Unda giroskop, akselerometr va masofadan boshqarish imkonini beruvchi Bluetooth mavjud. Bluetooth orqali Galereya, Samsung Internet brauzeri, Chrome kabi ilovalarni masofadan turib harakatlar bilan boshqarish mumkin, bu ayniqsa kamera ilovasida juda qo‘l keladi.

Skrinshot: GSMArena

Albatta, S Pen'ning asosiy imkoniyatlaridan biri Screen-off memo bo‘lib, u orqali stilusni chiqarib, qora ekranga eslatma yozish imkoni mavjud. Ekran yoniq turganda S Pen uyadan chiqarilganda unda Air buyruqlar paneli paydo bo‘ladi. Panelda ilova yorliqlari bo‘ladi.

Skrinshot: GSMArena

S Pen orqali skrinshotlar ham olsa bo‘ladi. Smart-tanlash funksiyasi turli shakldagi skrinshotlarni olish, ulardan matnlarni ajratib olish yoki ularni ekranga qo‘yish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, GIF animatsiyalarini yaratish ham mumkin. Shuningdek, ekranga turli xil qalam va mo‘yqalamlarning to‘liq to‘plami bilan yozish mumkin bo‘lgan “Screen Write“ funksiyasi mavjud. Ekran tarjimoni bitta so‘zni oldindan tanlangan tilga o‘gira oladi.

Skrinshot: GSMArena

Stilusdan yana suratni yaqinlashtirish hamda ekranni aylantirishda foydalansa bo‘ladi. Smartfonni ekran ostida joylashgan barmoq izi skaneri bilan qulfdan chiqarish mumkin. Tanlov sifatida smartfonni yuzni tanish funksiyasi orqali ham qulfdan chiqarsa bo‘ladi, biroq bu barmoq izi skaneri kabi ishonchli emas.

Always-on Display funksiyasi smartfonda bor, u One UI 3 qobig‘idan so‘ng ancha qulaylashdi. Bir necha turdagi soatlarni tanlash mumkin. Ushbu funksiya bildirishnomalarni ko‘rsatib turadi.

Skrinshot: GSMArena

One UI 4.1 qobig‘ining tuzilishi yaxshilandi, biroq uning umumiy ko‘rinishi avvalgi versiylaridan unchalik katta farq qilmaydi.

Turli xil ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi smart vidjetlar bir-biriga birlashtirildi, endi ular ko‘p joy egallamaydi. Samsung klaviaturasi esa yangi funksiya, stiker va emojilar bilan boyidi.

Skrinshot: GSMArena

One UI 4 qobig‘ida ham Android 12 tizimida bo‘lgan fon rasmlar rangini tahrirlovchi Ranglar palitrasi mavjud. Joriy fonga qarab tizim avtomatik ravishda ranglarni tanlaydi. Ushbu ranglar qo‘ngiroq qilish oynasi va bir nechta panellarda amal qiladi. Ranglarni, shuningdek, ilova ikonkalari bilan ham sozlash mumkin.

Sozlamalar menyusida yangi maxfiylik boshqaruv paneli mavjud. Bu yerda qaysi ilovalar eng muhim maxfiylik ruxsatlardan foydalanayotganini osongina kuzatish mumkin. Shuningdek, kamera va ilovalarga kirishni boshqarsa bo‘ladi.

Skrinshot: GSMArena

Boshqa qurilmalar bilan smartfon bog‘lash uchun bir necha funksiyalar bor. DeX funksiyasi orqali smartfondan kompyuter sifatida foydalanish hamda smartfonga klaviatura hamda monitor qo‘shish mumkin. Ushbu funksiya simsiz yoki HDMI porti bilan ishlaydi.

Skrinshot: GSMArena

Shu bilan bir qatorda, Windows'ga havola funksiyasi foydalnuvchiga kompyuter bilan smartfonni bog‘lash imkonini beradi. Bu orqali ikki qurilma o‘rtasida rasmlarni almashish, shaxsiy kompyuterda bildirishnomalarni boshqarish yoki undan qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘ladi.

Boshqa qurilmadan ilovani davom ettirish funksiyasining imkoniyatlari biroz cheklangan. Undan foydalanish uchun ikkita qurilmada Samsung hisob qaydnomasiga kirish, ulardagi Bluetooth'ni yoqqan holda bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulash va Samsung Internet brauzeri yoki Samsung Notes'dan foydalanish kerak. Keyin matn va rasmlarni nusxalash, joylashtirish va brauzerda bir xil yorliqlarni ochish mumkin bo‘ladi.

Skrinshot: GSMArena

Samsung'ning uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan boshqa funksiyalari qatoriga Edge panellari kiradi. Unda ilova yorliqlari bo‘lib, uni ekranni yon tomonga surgan holda ochish mumkin. O‘yin launcheri barcha qurilmadagi barcha o‘yinlar markazi hisoblanadi. Ushbu launcher o‘yin vaqtida boshqa chalg‘ituvchi omillarni bloklaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Unumdorlik

Odatdagidek S22 seriyasi ham hududga qarab Exynos va Snapdragon chipiga ega bo‘ldi. Snapdragon 8 Gen1 va Exynos 2200 chiplari to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, 1+3+4 tizimdagi yadrolarg ega. Ya’ni ikkala chip ham bitta Cortex-X2, uchta Cortex-A710 va to‘rtta Cortex-A510 yadrolariga ega. Ularning ishlash gertsida farq bor holos.

Foto: GSMArena

Ikki chipdagi farq ularning grafik qismida kuzatiladi. Exynos chipi AMD'ning RDNA2 arxitekturasiga asoslangan Xclipse 920 grafik protsessoriga ega. Ushbu grafik protsessor ob’yektlarning harakati va rangini hisoblash orqali real hayotdagi yorug‘likning harakatini aks ettiruvchi nurlarni kuzatish va o‘zgaruvchan tezlikni taqsimlash texnologiyalariga ega. Adreno 720 ham o‘zgaruvchan tezlikni taqsimlash texnologiyasiga ega, biroq unda nurlarni kuzatish texnologiyasi yo‘q.

Ikkala chipsetda ham 5G modem, Wi-Fi 6E va ikki diapazonli GPS mavjud. Bundan tashqari, chiplarning sun’iy intellekt imkoniyatlari ham oshgan. Qualcomm o‘z chilsetining sun’iy intellekt imkoniyatlari to‘rt baravar tezlashganini, Samsung esa ikki baravar tezlashganini ta’kidladi. Xotira hajmi 8/128GB dan boshlanib, 16GB/1TB gacha boradi.

Skrinshot: GSMArena

Exynos 2200 chipining GeekBench'dagi natijasiga qaraydigan bo‘lsak, avvalgi chip bilan taqqoslaganda unchalik katta o‘zgarish bo‘lmagan. Biroq S22 Ultra bir yadroli va ko‘p yadroli testda S21 Ultra'dan yuqoriroq ball to‘plagan. S22+ modelining qayd etgan natijasi Ultra modelniki kabi bo‘lmasa, ikki yil avvalgi Note20 Ultra ancha ortda qolib ketgan. Snapdragon 888 chipiga ega bo‘lgan ZenFone 8 Flip esa S22 Ultra'dan biroz ilgarilab ketgan.

Skrinshot: GSMArena

S22 Ultra o‘tgan yilgi modelga nisbatan AnTuTu'da ancha yaxshi natijani qayd etdi. Yana S22+ model Ultra'dan biroz ortda qolgan.

Skrinshot: GSMArena

GFXBench offscreen testidan Xclipse 920 grafik protsessorining unumdorligi tekshirib ko‘rildi. Natijalarga ko‘ra, yangi protsessor o‘tgan yilgidan 10-20%, Note20 Ultra'ga o‘rnatilgan grafik protsessordan esa 35-50% yuqori unumdorlikni taqdim etdi.

Skrinshot: GSMArena

Onscreen testida S22 Ultra juda yaxshi natijani qayd etdi. Bunda ekran 1080p rezolyutsiyaga sozlandi, chunki 1440p rezolyutsiyada kadr sonya sonlari keskin tushib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, qurilma o‘tgan yilgi Ultra modelidan ko‘ra ancha yaxshiroq natijani qayd etdi.

Skrinshot: GSMArena

3DMarks Wild Life testida S22 Ultra va S22+ modellarining qayd etgan natijasida 2021 yilgi modellarnikiga qaraganda 30% o‘sish kuzatildi.

S22 Ultra'ning ichki qismlarni sovutish tizimi haqida ham ko‘p gapirish mumkin. Sovutish tizimi S21 Ultra'dagiga nisbatan 3.5 baravar yaxshiroq ishlaydi. O‘tkazilgan testlarda smartfon ortiqcha qizib ketmadi. Issiqlik smartfon korpusi bo‘ylab bir maromda tarqaladi. Bu esa ayrim bir nuqtaning ortiqcha qizib ketishini oldini oladi.

Skrinshot: GSMArena

Termal regulyator S22 Ultra'da mavjud. Uzoq vaqt davomida protsessorning maksimal unumdorlikning asta-sekin pasayishiga sabab bo‘ldi. Aniqroq qilib aytganda, 30 daqiqa smartfonning bor kuchidan foydalanilganda unumdorlik 70% ga pastlab ketdi. Albatta, bu yomon natija emas, chunki har qanday smartfonning bor imkoniyatlari ishga solinganda uning ishlashida pasayishlar kuzatiladi.

GPU unumdorligi esa bundan tez tushib ketdi. 3D Mark uchunchi bosqichida eng baland ko‘rsatkich 80% tashkil qildi. Keyinchalik esa unumdorlik 60% ga tushdi. Umuman olganda, smartfon unumdorlik jihatdan o‘zini ko‘rsata oladi. Har qanday smartfon yuqori bosim ostida uzoq vaqt ishlasa uning unumdorligida pasayish kuzatiladi. Kunlik foydalanishda esa hech qaysi foydalanuvchi o‘z smartfonini bunchalik “qiynamasa“ kerak.

O‘QING: Galaxy S22+ hamda S22 Ultra'ning 45 vattda quvvat olishi yolg‘onmi?

Kamera

Qoyilmaqom darajada bo‘lmasa-da, Galaxy S22 Ultra kunduzgi vaqtda yaxshi suratlarni olishga qodir. Dinamik diapazon yaxshi, biroq flagman darajadagi kamera uchun diapazon unchalik keng emas. Ekspozitsiya bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Ranglar yaxshi to‘yingaligi uchun suratlar juda yaxshi ko‘rinadi.

Piksel darajasida biz juda ko‘p tafsilotlarni ko‘rish mumkin, lekin yaxshi yoritilgan sahnalarda yuqori shovqin darajalarini ko‘rish mumkin.

Tasvirdagi kamchiliklarni keyinchalik yangi proshivka bilan to‘g‘irlash mumkin. Misol uchun, o‘tgan yilgi S21 Ultra modeli hozirda shovqinsiz hamda yaxshi tonal ekstremallikka ega suratlarni olishga qodir.

Ultrakeng kamera aniq va detallashgan suratlarni taqdim etadi. S21 Ultra bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ultrakeng kamerada olingan suratlarda aniqlik oshgan. Shuningdek, dinamik diapazon yaxshilangan, biroq bu bozordagi eng yaxshisi emas.

3x telefoto kamera ancha yaxshilangan. Eski telefotoga qaraganda yangisi aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan suratlarni taqdim etadi.

10x periskop moduli uzoq fokus uzunligi tufayli qo‘shimcha imkoniyatlarni beradi. Kontrast va ranglar uyg‘unligi ajoyib darajada. Suratda biroz shovqin borligini hisobga olmasak, aniqlik ham yaxshi darajasi.

Kattalashtirishni 100x zumga olib kelish mumkin, biroq bu optik zum hisoblanmaydi. Shuning uchun rasm sifati yomonlashib ketadi.

Tungi vaqtda surat sifati

Tungi vaqtda S22 Ultra'ning asosiy kamera avtomatik tarzda tungi rejimga o‘tadi. Ultrakeng va 3x telefoto kameralar esa tungi rejimsiz ham yorqin suratlarni taqdim etadi.

Biroz shovqin bo‘lsa-da, asosiy kamera orqali tunda olingan suratlarning aniqligi ajoyib darajada. Surat yaxshi yoritilgan, qorong‘ulik darajasi oshib ketmagan, asosiysi, ranglar aniq chiqqan.

Tungi rejimga to‘liq o‘tliganda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Birinchi navbatda suratdagi ko‘cha chiroqlari to‘q sariq rangga o‘zgarib ketdi. Shovqin nisbatan kam, dinamik diapazonda o‘zgarish bo‘lmadi.

Ultrakeng kamera ham tungi vaqtda sifatli suratlarni taqdim etadi. Dinamik diapazon keng, ranglar uyg‘unligi ham yaxshi darajada. Suratda shovqin bor, biroq suratning aniqlik darajasi yomon emas.

Tungi rejim haqiqatdan ham yorug‘lik past bo‘lgan vaqtda surat sifatini yaxshilashga hizmat qiladi. Chunki suratlarda shovqin ancha kamaydi, aniqlik darajasi esa oshdi.

3x telefoto kamera ham tungi vaqtda yaxshi suratga olsa-da, suratning aniqlik darajasi biroz pastlagan.

Tungi rejim suratdagi ob’yektlarni aniqlab, ularni kerakli darajada yoritib bera oladi. Bu o‘z navbatida 3x zum kameradan foydalanishga ham yordam beradi. Chunki aniq bir holatlarda smartfon avtomatik tarzda asosiy kameradan foydalanadi.

10x zumda ham xuddi shunday, ya’ni smartfon 3x zum bilan birga raqamli zumdan foydalanishi mumkin. Suratda shovqin bo‘lsa-da, umumiy olganda uning sifati yomon emas.

Tungi rejim surat sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, yuqoridagi suratlarda tungi rejimdan foydalanilganda aniqlik oshib, shovqin kamaydi.

Muqobillar

Hozircha bozorda Galaxy S22 Ultra'ning aniq bir raqobatchisi yo‘q. Bu yilgi model S va Note seriyalarini o‘zida birlashtira oldi. Shuning uchun birinchi alternativ sifatida hayolga Galaxy Note20 Ultra keladi. Biroq ushbu modelning taqdim etilganiga ikki yil bo‘ldi. Undagi kameralar va chip yangi emas. Albatta, S22 Ultra bor bo‘lgan stilusi, Note20 Ultra’da ham bor.

Foto: GSMArena

Yana bir muqobil tanlov o‘tgan yilgi S21 Ultra bo‘lishi mumkin. Uning kamera texnik ko‘rsatkichlari yangi modelinikidan farq qilmaydi. S21 Ultra, shuningdek, S Pen'ni ham qo‘llab-quvvatlaydi, biroq qurilma korpusida u uchun maxsus tuynuk yaratilmagan. Bu esa qo‘shimcha xarajat va noqulayliklarga olib keladi.

Foto: GSMArena

Xuddi shunday holat Galaxy Z Fold3 bilan ham kuzatiladi. Qurilma stilusni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq unda ham stilus uchun uya mavjud emas. Shuning uchun funksonallik jihatidan S22 Ultra o‘z muqobillaridan bir bosh ustun. Albatta, Z Fold3 modelining ham o‘ziga yarasha imkoniyatlari mavjud. Ammo qurilma S22 Ultra'ga qaraganda 19% og‘irroq, shuningdek, kameralar jihatidan u Ultra'dan ancha orqada.

Foto: GSMArena

S22 Ultra bilan kamera bo‘yicha raqobatlasha oladigan smartfon bu Mi 11 Ultra hisoblanadi. Yuqori rezolyutsiyadagi va katta hajmdagi kameralar Mi 11 Ultra'ga ustunlik berishi mumkin, lekin ushbu model S22 Ultra kabi stilusni qo‘llab-quvvatlamaydi. Balki keyingi avlod Mi Ultra modelini kutgan yaxshidir.

Foto: GSMArena

So‘nngi muqobil tanlov - iPhone 13 Pro Max. Doimiy ravishda eng so‘nggi iPhone eng so‘nggi Galaxy smartfoni bilan taqqoslab ko‘riladi. iPhone 13 Pro Max ham S21 Ultra kabi kamera xilma-xilligi hamda S Pen imkoniyatiga ega emas. Agar siz uchun ushbu faktorlar muhim bo‘lsa, u holda S22 Ultra'ni tanlagan yaxshi.

O‘QING: Galaxy S22 Ultra tirnash va bukish testida o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi (+video)

Xulosa

Terabayt.uz

9.9балл

Galaxy S22 Ultra - функционаллик жиҳатидан энг яхши смартфон. Ҳозирда стилус функсоналлигини фақатгина Samsung таклиф қилмоқда. Apple, Google, Xiaomi, Oppo ва vivo компаниялари томонидан ҳозирча ушбу смартфонга ҳар томонлама рақобат қилиши мумкин бўлган қурилма тақдим этилмаган.

Дизайн

Дисплей

Камера

Функциявийлик

Aлоқа

Унумдорлик

Aккумулятор

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon 1199.99 dollar Sotib olish
Samsung 1199.99 dollar Sotib olish
Mediapark 15 990 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • S Pen имконияти
  • Юқори даражадаги дисплей ва камералар
  • Анъанавий премиум турдаги Note дизайни

 Kamchiligi

  • Смартфон бироз оғирроқ
  • 45 ваттга ўтган бўлса-да қувватлаш тезлиги сезиларли даражада ошмаган
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!