Tesla dunyodagi eng tezkor avtomobilni sota boshladi (+video)

  •   DiMaX
  •  1349
  •  12.06.2021 16:08

Tesla dunyodagi eng tezkor avtomobilni sota boshladi (+video)

Elektromobillar dunyosidagi yetakchi Tesla Model S Plaid elektrik sedanini shu yilning boshida taqdim etgan edi. Ilon Mask ushbu mahsuloti hozirda seriyali ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida eng tezkori ekanligini yana bir bor ta’kidlagan. Avvalroq esa biz buning amaldagi isboti bo‘lgan «jonli» videoni ulashgan edik.

O‘QING: Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

Tesla kompaniyasi jahondagi eng tezkor avtomobilning savdosini 3 iyunda boshlamoqchi edi, ammo uning relizi bir haftaga kechikib, elektromobil 10 iyun kuni sotila boshladi.

Tesla Model S Plaid elektromobili bir marta quvvatlanib, 630 kilometrga yaqin yo‘l yurishi mumkin, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri. Ushbu elektromobil ikki soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 320 kilometrga yetadi.

Model S Plaid elektrik sedanining bazaviy modifikatsiyasidagi narxi «atigi» 134 490 AQSh dollariga teng. 10 iyun kuni dastlabki 25 nafar xaridor o‘z elektromobilini oldi.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!