Tesla’ning sobiq vitse-prezidenti Apple’ga ishga o‘tdi

  •   DiMaX
  •  826
  •  24.07.2019 13:38

Tesla’ning sobiq vitse-prezidenti Apple’ga ishga o‘tdi

Apple korporatsiyasi Tesla kompaniyasining vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Stiv MakManusni ishga oldi. Ilon Maskning kompaniyasida u 2015 yildan beri ishlab kelgan va avtomobillarning saloni hamda kuzovini yaratishga mas’ul bo‘lgan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Bloomberg nashrining yozishicha, Stiv MakManus Tesla’ga ishga kelguniga qadar Jaguar Land Rover, Bentley Motors va Aston Martin kompaniyalarida ham yuqori lavozimlarda ishlagan.

Mutaxassislar ijtimoiy tarmog‘i – LinkedIn’dagi profiliga qaraganda, MakManus kupertinolik korporatsiyada katta direktor lavozimida ish boshlagan. Biroq uning aynan nima bilan shug‘ullanishi xabar qilinmagan.

O‘QING: Rossiyalik maktab o‘quvchilari Tesla himoyasini buzib, yadro hujumini to‘xtatib qolishdi!

Apple kompaniyasi o‘zining elektrokari ustida ishlayotgani haqida anchadan beri mish-mishlar yuradi, biroq biror mashinaning yakuniy konsepsiyasi hanuz taqdim etilmagan. Stiv MakManus esa aynan avtomobillar intererini loyihalashtirish borasida tajribaga ega. Shunday bo‘lsa-da, u kupertinoliklarning boshqa loyihalari ustida ishlashga ham bosh qo‘shadi, deb yozadi Bloomberg.

Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo o‘tgan yili, Apple o‘z avtomobilini 2023-2025 yillarda taqdim etishini aytgandi. Ehtimol, Stiv MakManus chindan ham shu loyihani amalga oshirishga jalb etilgandir.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.