The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

  •   DiMaX
  •  2843
  •  08.12.2018 12:52

The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

Kuni kecha o‘yinlar sanoati va bozoriga bag‘ishlangan The Game Awards 2018 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yildagi eng yaxshi o‘yinlar, geymerlar, o‘yin musiqalari hamda saundtreklari kabilar ma’lum qilindi.

O‘QING: Counter-Strike: Global Offensive o‘yini endi bepul bo‘lib, unga «Battle Royale» rejimi ham qo‘shildi!

«Yilning eng yaxshi o‘yini» sifatida God of War tan olindi: u RDR2, AS: Odyssey va hatto Marvel’s Spider Man kabilardan ham o‘zib ketdi.

Lekin Red Dead Redemption 2 eng ko‘p nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar oldi: u eng yaxshi syujetli, ovozli, musiqali loyiha bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Artur rolini o‘ynagan Rodjer Klark «Eng yaxshi aktyor o‘yini» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. «Eng yaxshi ekshen» sifatida esa mustaqil dasturchilarning Dead Cells o‘yini e’tirof etildi.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Xullasi kalom, The Game Awards 2018 g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  • «Yilning eng yaxshi o‘yini» – God of War;
  • «Eng yaxshi ekshen» – Dead Cells;
  • «Eng yaxshi sarguzashtli ekshen» – God of War;
  • «Eng yaxshi RPG» – Monster Hunter: World;
  • «Eng yaxshi strategiya» – Into the Breach;
  • «Eng yaxshi qo‘llab-quvvatlanuvchi o‘yin» – Fortnite;
  • «Eng yaxshi o‘yin yo‘nalishi» – God of War;
  • «Eng yaxshi syujet» – Red Dead Redemption 2;
  • «Eng yaxshi art» – Return of the Obra Din;
  • «Eng yaxshi saundtrek» – Red Dead Redemption 2;
  • «Eng yaxshi ovoz» – Red Dead Redemption 2;
  • «Eng yaxshi aktyor o‘yini» – Rodjer Klark (Red Dead Redemption 2 o‘yinidagi Artur Morgan roli);
  • «Eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan o‘yin» – Celeste;
  • «Eng yaxshi indi-o‘yin» – Celeste;
  • «Eng yaxshi mobil o‘yin» – Florence;
  • «VR va AR uchun eng yaxshi o‘yin» – ASTRO BOT Rescue Mission;
  • «Eng yaxshi fayting» – Dragon Ball FighterZ;
  • «Butun oila uchun eng yaxshi o‘yin» – Overcooked 2;
  • «Eng yaxshi sport/poyga o‘yini» – Forza Horizon 4;
  • «Eng yaxshi multipleyer» – Fortnite;
  • «Eng yaxshi talabalar loyihasi» – Combat 2018;
  • «Eng yaxshi mustaqil debyut» – The Messenger;
  • «Eng yaxshi kibersport o‘yini» – Overwatch;
  • «Eng yaxshi kibersportsmen» – SonicFox;
  • «Eng yaxshi kibersport o‘yini» – Cloud9 (LOL);
  • «Yilning eng yaxshi kontent-meykeri» – Ninja.

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz? O‘yinlarga judayam berilib ketmaslikni va, har ehtimolga qarshi, quyidagi maqolamiz bilan tanishib qo‘yishni tavsiya etamiz...

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!