TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

  •   DiMaX
  •  3892
  •  08.04.2020 09:58

TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Yaqinda biz AnTuTu benchmarki Xitoydagi foydalanuvchilar tekshiruvlari asosida taqdim etgan eng qudratli smartfonlar o‘ntaligini e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark endi eng kuchli flagmanlarning global reytingini chiqardi.

O‘QING: Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

Xitoycha reytingda 606 389 ball bilan g‘olib bo‘lgan Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani global reytingga kirmagan. Chunki yangi ro‘yxatda butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan kamida 1000 marta AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan modellargina inobatga olingan va har birining barcha natijalaridan o‘rtachasi hisoblangan.

Shunday qilib, global reytingda Snapdragon 865 chipli Galaxy S20 Ultra flagmani 562 262 ball bilan shohsupani zabt etib turibdi. Umuman olganda, kuchli o‘ntalikdagi dastlabki to‘rtta, jami naq oltita o‘rinni Samsung flagmanlari egallagan, tag‘in ularning aksariyati o‘zining Exynos 990 protsessoriga asoslangan!

Ko‘rib turganingizdek, janubiy koreyaliklarning standart Galaxy S20 flagmani hamda uning Galaxy S20+ versiyasi (kompaniyaning o‘z chipsetidagi hamda Qualcomm protsessorli variantlarda) ham yuqori samaradorlik namoyon etgan.

Shuningdek, eng baquvvat flagmanlar o‘ntaligiga Asus ROG Phone 2, OnePlus 7T, Realme X2 Pro hamda OnePlus 7 Pro modellari ham kirgan. Yana bir e’tiborli jihati – Xitoy bozoridagi eng kuchli o‘nta flagmandan birortasi ham global reytingga kira olmagan!

O‘QING: AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.