TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  3703
  •  15.05.2020 11:44

TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

Avvalroq kecha biz joriy yilning 1-choragidagi dunyo smartfon bozori bo‘yicha Counterpoint Research ma’lumotlarini e’lon qilgan edik. Canalys tahlil kompaniyasi ham bu borada o‘z reytingini taqdim etgan.

O‘QING: Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Strategy Analytics tahlil kompaniyasi esa yilning ilk kvartalida eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar reytingini taqdim etdi va undagi ko‘rsatkichlar yuqoridagi ikkita kompaniya ma’lumotlardan farq qiladi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy A51 modeli 6 million donadan ortiq sotilib, bozorning 2,3 foizini egallagan. Holbuki, bu qurilma Canalys reytingida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8T smartfonlaridan keyingi o‘rinda edi. Darvoqe, Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendiga mansub bu ikkita modeldan birinchisi Strategy Analytics taqdim etgan reytingda 1,9% ko‘rsatkich bilan 5-o‘rinni egallagan.

2020 yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan ikkinchi Android-smartfon esa Xiaomi Redmi 8 bo‘ladi, deyapti Strategy Analytics. Umuman olganda, oltita o‘rinning to‘rttasini Samsung qurilmalari zabt etgan; qolgan pog‘onalar esa Redmi brendining yuqoridagi ikki devaysiga tegishli.

Umuman olganda, yilning ilk choragida dunyo bo‘ylab jami 275 millionta smartfon sotilgan bo‘lib, ularning 86 foizi «yashil robotchali» operatsion tizimga asoslangan. Strategy Analytics to‘g‘ri qayd etganidek, Android-smartfonlar orasida kuchli flagmanlardan ko‘ra arzonlarining bozori chaqqon.

O‘QING: Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.