Twitter’da akkaunt ochish shartmas – u yerdagilarni Telegram orqali kuzata olasiz!

  •   DiMaX
  •  1887
  •  20.01.2021 12:40

Twitter’da akkaunt ochish shartmas – u yerdagilarni Telegram orqali kuzata olasiz!

Telegram messenjerining afzalliklaridan biri – unda turli botlar yordamida ayrim ilovalarning funksiyalarini bajarish mumkin. Masalan, avvalroq biz ommabop Shazam servisining asosiy vazifasini uddalay oladigan bot bilan tanishtirgan edik.

O‘QING: Telegram'da keshni tozalab, smartfonimiz xotirasini tejaymiz

Bugun esa Twitter ijtimoiy tarmog‘ida profil ochmasdan turib ham undagi kerakli akkauntlarni bevosita Telegram’ning o‘zidan kuzatib berish imkonini beruvchi botni tavsiya etmoqchimiz. TwiTelegram deb nomlanuvchi ushbu bot yordamida muayyan blogerlarning tvitlariga obuna bo‘lish, shuningdek, kerakli heshteglar bo‘yicha yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

TwiTelegram ishlashi juda oddiy, unda /add buyrug‘i yoki «Add profile» tugmachasi orqali kerakli profilga yoki heshtegga havolani qo‘shish mumkin. Havola mana bunday formatda bo‘lishi lozim: https://twitter.com/elonmusk.

Mazkur bot bilan ishlashdagi foydali buyruqlardan: /list – obunalar ro‘yxatini ko‘rish va boshqarish, /explore – ommabop profillarni izlash.

TwiTelegram botidagi cheklovlarga keladigan bo‘lsak – uning bepul versiyasi faqat beshtagacha profil yoki heshtegni kuzatish imkonini beradi; yangilanishlar esa har soatda faqat bittadan keladi.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!