Ucell abonentlariga xushxabar: endi besh oygacha raqamingiz o‘chmaydi!

  •   DiMaX
  •  1356
  •  06.03.2020 13:01

Ucell abonentlariga xushxabar: endi besh oygacha raqamingiz o‘chmaydi!

«COSCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyati (Ucell savdo belgisi) bugun – 6 mart sanasidan ayrim tarif rejalaridagi abonentlar uchun xizmat ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirish kiritgan. Bu haqda uyali aloqa operatori o‘z sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: Barcha operatorlarning eng arzon va eng qimmat tariflarini taqqoslaymiz!

Xabarga ko‘ra, 2020 yil 6 martdan boshlab, «COSCOM» MChJ tarmog‘ida haqi oldindan to‘lanadigan (Prepaid) xizmat ko‘rsatish tizimi uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bekor qilinguniga qadar Bloklangan holatda qolishning maksimal muddati 150 kungacha uzaytirilmoqda. Kiruvchi qo‘ng‘iroqlardan bloklangan holatga o‘tgan kundan boshlab 80 kun davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ya’ni, abonentlar foydasiga ikkita o‘zgarish bo‘lyapti:

  1. Telefon raqamingiz hisobidagi mablag‘ butkul tugaganidan keyin ham siz yana 80 kungacha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qila olasiz! Shu kungacha bu muddat 30 kunni tashkil etar edi.
  2. Avvalgi holatda, raqamingiz hisobidagi mablag‘ tugaganidan keyin 90 kun o‘tgach, raqamingiz bekor qilinib, nomingizdan o‘chirilar edi. Endi esa mazkur muddat 150 kunga uzaytirilgan – deyarli besh oylik muddat tugagunicha hisobingizni to‘ldirib, yana raqamingizni ishlatishda davom etaverishingiz mumkin!

O‘QING: TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarishlar 2020 yil 6 mart holatiga muvofiq 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddat davomida bloklangan holatda bo‘lgan abonentlarga, shuningdek, «Raqamni saqlab qolish» xizmatini (6 oyga yoki 12 oyga) faollashtirgan abonentlarga tatbiq etiladi.

Xabarga ko‘ra, o‘zgarishlar quyidagi tarif rejalarida amal qiladi:

Active 45, Active 70, Active 100, BEST, Yaxshi kayfiyat, Zo‘r kayfiyat, A’lo kayfiyat, Superkayfiyat, Azizlarim, Drive, Yengil hafta, Baxtli 25, Baxtli 25+, Diyorim, Tantana, Katta tantana, Super Tantana, Marhamat, Ko‘proq!, Yangi ijobiy, Ijobiy, Oddiy, Special, Special 125, Special 125+, Special 35, Special 35+, Special 55, Special 55+, Special 80, Special 80+, Special MB, Special MINI, Special MIX, Special SUPER, Special Unlim, Special X, Student, Minnatdormiz!.

Kompaniyaning qolgan xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarishlarsiz qoladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!