Ucell har xil bonuslarga to‘la «Yangi ijobiy» tarif rejasini joriy etdi!

  •   DiMaX
  •  5027
  •  14.04.2018 19:16

Ucell har xil bonuslarga to‘la «Yangi ijobiy» tarif rejasini joriy etdi!

Bu yil bahorda O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari ancha faollashib qolishgan. Ular yangi tariflar, turli aksiyalar va chegirmalar bilan mijozlarni xursand qilishda davom etmoqdalar.

Jumladan, Ucell kompaniyasi kuni kecha «Yangi ijobiy» nomli yangi tarif rejasini taqdim etganini ma’lum qildi. Unda hisobni bir martalik 9 998,75 so‘mdan boshlab to‘ldirishda abonentga yanada ko‘proq bonuslar: tarmoq ichida so‘zlashuvlar uchun daqiqalar, TAS-IX yo‘nalishida foydalanish uchun internet-trafik va Telegram ilovasida muloqot uchun megabaytlar taqdim etiladi.

O‘QING: Xushxabar: Ucell yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

Shuningdek, joriy yilning 10 iyuligacha ushbu tarif rejasida «Ikki karra bonus» aksiyasi amal qiladi. Uning doirasida hisobingizni bir martalik to‘lov bilan to‘ldirishda bonuslar naq ikki baravar hajmda taqdim etiladi. Ya’ni, hisobni 9 998,75 so‘mdan to 14 991,81 so‘mgacha miqdorga to‘ldirganda – tarmoq ichida 200 daqiqa, TAS-IX uchun 200 megabayt, Telegram uchun 200 megabayt beriladi. Hisobni bir martalik to‘ldirish miqdori 14 991,82 so‘mdan to 19 993,29 so‘mgacha bo‘lsa, u holda abonent tarmoq ichida 400 daqiqa, TAS-IX yo‘nalishi uchun 400 hamda Telegram uchun 400 megabayt oladi. Hisobini bir martalik to‘lov bilan 19 993,30 so‘mdan to 29 992,04 so‘mgacha to‘ldirgan abonentlarga esa tarmoq ichida 600 daqiqa, shuningdek, TAS-IX yo‘nalishi va Telegram ilovasi uchun – har biriga 600 megabayt hajmida trafik beriladi. Agar hisobingizni 29 992,05 so‘m va undan oshiq miqdorga to‘ldirsangiz – u holda tarmoq ichida 800 daqiqadan tashqari, TAS-IX uchun 800, Telegram uchun 800 megabayt olasiz!

Bonuslarning amal qilish muddati  7 kunni tashkil etadi, deyiladi xabarda. «Yangi ijobiy» tarif rejasi haqidagi batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: 31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!