Ucell o‘z mijozlari uchun Artel Z5 smartfon to‘plamini chiqardi

  •   DiMaX
  •  4613
  •  02.01.2018 18:07

Ucell o‘z mijozlari uchun Artel Z5 smartfon to‘plamini chiqardi

O‘zbekistondagi aloqa operatorlari tomonidan turli qurilmalar to‘plamlari taqdim etilishi allaqachon an’anaga aylanib ulgurgan. Bunda biror devays (uyali telefon, planshet, modem va hokazo) bilan bir to‘plamda operator tomonidan qo‘shimcha bonuslar (chiroyli raqamli SIM-karta, ma’lum muddat abonent to‘lovisiz tarif, muloqot uchun bepul daqiqalar va SMS-xabarlar singari) ham beriladi.

O‘QING: Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Jumladan, Ucell aloqa operatori Yangi yil bayrami arafasida o‘zining korporativ mijozlari uchun Artel Z5 smartfon to‘plamini joriy etdi. Bu haqda operatorning saytida xabar berilgan.

Ucell ushbu to‘plamini «Artel Z5 – omadli insonlar uchun mo‘’jaz smartfon!» shiori ostida ilgari surmoqda. Mazkur to‘plam narxi 880 000 so‘m bo‘lib, abonent shu qiymat evaziga quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • Artel Z5 mobil qurilmasi;
  • Bir martalik bonus – 1000 MB internet-trafik;
  • Kafolat xizmatlari muddati – 12 oy.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Aytish kerakki, Artel Z5 smartfoni quyidagilar bilan jihozlangan:

  • yuqori sifatli foto va video suratga olish uchun 8 megapikselli asosiy kamera;
  • videochatlarda do‘stlar bilan muloqot qilish uchun 5 megapikselli old kamera;
  • videokontentni qulay tomosha qilish uchun HD formatidagi 5 dyuymlik displey;
  • ko‘p vazifalilik rejimida ishlash uchun 4 yadroli protsessor;
  • ilovalar o‘rnatish, shaxsiy fayllar, suratlar va videolarni saqlash uchun 16 GB ichki xotira;
  • xotirani 64 GBgacha kengaytirish imkonini beruvchi micro SD kartasi uyachasi.

«Artel Z5» to‘plamini xarid qilish shartlari, uning doirasidagi smartfonining kafolat shartlari va bu boradagi boshqa ma’lumotlar bilan Kompaniya saytining korporativ mijozlarga atalgan bo‘limida tanishish mumkin.

O‘QING: Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!