Ucell yana yettita saytga kirishni naq 1 iyungacha bepul qildi

  •   DiMaX
  •  1851
  •  28.04.2020 17:55

Ucell yana yettita saytga kirishni naq 1 iyungacha bepul qildi

Yurtimizdagi uyali aloqa operatorlari kirish bepul qilgan saytlarning ro‘yxatini taqdim etganimizdan so‘ng ham ular o‘z abonentlariga boshqa imtiyozlar berishgan. «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qilgan, Beeline ham shunday yo‘l tutgan. Ucell abonent to‘lovisiz tarifiga o‘tish imkonini va unda bepul to‘plamlarni taqdim etgan...

O‘QING: Ramazon oyi uchun Ucell yangi xizmatlar taklif etmoqda

Ucell uyali aloqa operatori abonentlari haqida qayg‘urib, har qanday vaziyatda ham o‘quvchilar ta’limdan uzilib qolmasliklari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etmoqda. Koronavirus sababli karantin davrida kompaniya yana 7 ta’limiy resurslarga trafik hisobisiz kirish imkonini taqdim qildi.

Joriy yilning 1 iyunigacha (shu kuni ham) haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari quyidagi internet-resurslardan trafik hisobisiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:

ziyonet.uz

tube.edu.uz

dist.edu.uz

mt.edu.uz

pf.bimm.uz

lib.bimm.uz

mt.bimm.uz

ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi. Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.