«#UydaQoling» xizmati: Ucell 1000 daqiqa va SMS, yana 100 megabaytni bepul beryapti!

  •   DiMaX
  •  6994
  •  27.03.2020 18:17

«#UydaQoling» xizmati: Ucell 1000 daqiqa va SMS, yana 100 megabaytni bepul beryapti!

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bu vaziyatda aholiga qulayliklar taqdim etish borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Jumladan, uyali aloqa operatorlarimiz ko‘plab axborot va ta’lim saytlariga kirishni bepul qilib qo‘yishgan va biz ularning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga talluqli?

Ucell operatori abonentlarga istalgan holatda aloqada qolishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etmoqda. Kompaniya rasmiy xabariga ko‘ra, joriy yilning 27 martidan 31 mart sanasigacha (shu kunlari ham) operatorning Prepaid tizimi tarif rejalari abonentlari «#UydaQoling» xizmatiga bepul ulanishlari mumkin.

Mazkur xizmatni faollashtirish bepul, faqat unga ulanish paytida abonentning hisobi musbat holatda bo‘lsa bas. «#UydaQoling» xizmatidan faqat bir marta foydalanish mumkin; uning amal qilish muddati esa samarali faollashtirishdan boshlab 30 kunga teng.

Ushbu 30 kunlik muddat uchun operator quyidagi bonuslar (limitlar)ni bepul taqdim etadi:

  • Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1 000 daqiqa;
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 ta chiquvchi SMS-xabar;
  • 100 megabayt hajmida internet-trafik.

«#UydaQoling» xizmatiga ulanish *464# USSD-so‘rovi vositasida amalga oshiriladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun esa mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi