Uzoq kutilgan imkoniyat, nihoyat, WhatsApp’ga joriy etildi!

  •   DiMaX
  •  940
  •  28.04.2020 13:13

Uzoq kutilgan imkoniyat, nihoyat, WhatsApp’ga joriy etildi!

WhatsApp – jahondagi eng ommabop messenjer bo‘lib, dunyo bo‘yicha ikki milliarddan oshiq foydalanuvchiga ega. Dasturchilar unga ayni koronavirus tufayli karantin payti kerak bo‘ladigan imkoniyatni qo‘shishdi.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

WhatsApp ishlab chiquvchilari mazkur messenjerda ko‘p tomonlama audiokonferensiya hamda videokonferensiya qilish imkoniyatini yo‘lga qo‘yishdi. Bungacha ularni bir hafta mobaynida beta-versiyalarda sinab ko‘rishgan edi.

Ushbu platformada audio- va videokonferensiyalar avval ham mavjud, ammo ularda to‘rt nafargacha kishi qatnashishi mumkin edi. Endi esa 8 nafargacha ishtirokchi WhatsApp orqali audiochat va videochat qila oladigan bo‘ldi.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

WhatsApp’da qo‘ng‘iroq qilish o‘zgarmagan: chaqiruv tugmachasini bosasiz, audio yoki video opsiyasini tanlaysiz va unga yetti nafargacha kishini taklif etishingiz mumkin. Lekin ishtirokchilarning barchasida mazkur kliyentning so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Uni ayfonlarga mazkur havola, Android-smartfonlarga esa mana bu havola orqali yuklab (yoki yangilab) olish mumkin.

Darvoqe, WhatsApp’ga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi kuni kecha Zoom servisining raqobatchisi – Messenger Rooms servisini taqdim etgan. Lekin Telegram asoschisi Pavel Durov uning raqobatchisi WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan.

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.