VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

  •   DiMaX
  •  1495
  •  07.11.2018 14:09

VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

Joriy yilning 29 oktyabrida xitoylik kompaniya o‘zining yangi – OnePlus 6T flagman smartfonini taqdim etdi. Uning savdoga chiqarilishidan esa raqobatchilari ham foydalanib qolishdi.

O‘QING: Xiaomi’ning «masxaraviy» reklamasi: u OnePlus 6T xaridorlariga kalkulyator tarqatyapti!

Xabaringiz borki, OnePlus flagmanlari eng tezkor, shu bilan birga narxi ham baland bo‘lmagan Android-smartfonlardan sanaladi. Xo‘sh, samaradorlik borasida u yaqinda taqdim qilingan iPhone XR bilan bellasha oladimi?

EverythingApplePro nomli YouTube-kanali muallifi shuni amalda sinab ko‘rdi va mazkur jarayonning videolavhasini e’lon qildi. Bunda har bir test taymer yordamida qayd etib borilgan. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Birinchi sinov yakunlariga ko‘ra, iPhone XR berilgan topshiriqni xitoyliklarning flagmanidan 15 soniyaga avval tugalladi.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!

Qizig‘i, OnePlus 6T ilovalarni ishga tushirishda kupertinoliklarning smartfonidan ko‘ra ildamroq chiqdi, ammo 4K video eksport qilishda yana iPhone XR oldinga o‘tib oldi.

Shuningdek, ko‘p vazifalilik sinovida ham OnePlus 6T orqada qoldi: tezkor xotirasi hajmi 8 gigabayt bo‘lishiga qaramasdan, u ishga tushirilgan ilovalarning barchasini o‘z xotirasida ushlab tura olmagan.

Xullasi kalom, ushbu sinovlarda iPhone smartfonining qo‘li baland kelgan. Ammo oradagi farq juda kichik ekanligini inobatga olib, OnePlus 6T flagmanini Android platformasidagi eng tezkor smartfonlardan ekanligini qayd etish lozim. Buning ustiga, ushbu yangi qurilma boshlang‘ich narxi 549 dollarlik ekanligi bilan ham e’tiborga loyiq.

Turli rusumlardagi Apple smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 289 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Ikkita SIM-kartali va oddiy iPhone’larni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 5 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.