VIDEOTAVSIF: Hamyonbop Galaxy A20s bilan batafsil tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2554
  •  06.04.2020 09:55

VIDEOTAVSIF: Hamyonbop Galaxy A20s bilan batafsil tanishamiz!

Samsung korporatsiyasi o‘tgan yilning sentyabrida, dastlab Malayziyadagi allaqanday tadbirda Galaxy A20s smartfonini ko‘rsatgan edi. Uning to‘laqonli anonsi esa 23 sentyabrda bo‘lib o‘tdi va texnik jihatlari rasman ma’lum qilindi.

O‘QING: Samsung birinchi chorak yakunlarini e’lon qilish arafasida: «Uch yulduz» foyda qildimi yoki zarar?

Galaxy A20s allaqachon O‘zbekiston bozoriga ham yetib kelgan va yaxshi sotilmoqda. Sizlarga sevimli Terabayt.uz jamoasi esa ushbu devaysning qadog‘ini ochib (unboxing qilib), smartfonning o‘zini tavsiflab yangi videolavha tayyorladi.

Videorolikda mazkur smartfonning qadog‘i ochilib, jamlanmadagi aksessuarlar ham ko‘rsatilgan. Galaxy A20s korpusining xususiyatlari haqida so‘z yuritilib, so‘ng o‘zi yoqib ko‘rsatilgan.

Aytish kerakki, Galaxy A20s modeli janubiy koreyalik gigantning o‘rta narx toifasidagi smartfonlar turkumiga mansub. Uning apparat ta’minoti asosini Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 450 protsessori tashkil etadi. Smartfonni 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor, 32 yoxud 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega variantlarda taklif etishadi. Unda yana naq 1 terabaytlikkacha bo‘lgan microSD-karta uchun, ikkita SIM-karta uyachasidan alohida slot ham mavjud.

O‘QING: Galaxy M11 namoyish qilindi: Infinity-O displey, uchtalik kamera, baquvvat batareya va USB-C!

Mazkur hamyonbop smartfonning bosh kamerasi 13, 8 va 5 megapiksellik, displeyning tomchisimon kemtigidagi selfi-kamera esa 8 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga olgan. Galaxy A20s yaxshi jihatlaridan biri uning akkumulyatoridir – 4000 mA/soatlik batareya 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

Smartfonning boshqa jihatlari hamda narxi xususida videoning o‘zida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, biz kuni kecha e’lon qilgan xabarda Galaxy A20s va yana sakkizta modeldagi xaridorgir smartfon uchun O‘zbekistonning uchta onlayn do‘konida belgilangan narxlar jadvalda taqqoslab ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mana bu havola orqali YouTube-kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ysangiz, keyingi tavsiflar va taqqoslarni birinchilar qatorida tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Samsung uchta hamyonbop smartfonini Android 10 asosli One UI 2.0’gacha yangilayapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!