Vivo Apex 2019 – umuman tirqishsiz va tugmachasiz smartfonni ilk suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1588
  •  21.01.2019 17:44

Vivo Apex 2019 – umuman tirqishsiz va tugmachasiz smartfonni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Kuni kecha xabar berganimizdek, Vivo kompaniyasi kodli nomi The Waterdrop («suv tomchisi») bo‘lgan antiqa smartfon tayyorlagan. Birorta ham tirqishi (porti) va tugmachasi bo‘lmagan ushbu telefonni jahon ahli katta qiziqish bilan kutmoqda.

O‘QING: Umuman tugmachasiz va tirqishsiz «kelajak smartfoni»ni 24 yanvardayoq ko‘ramiz. Uni kim tayyorlagan?

Mazkur smartfon bozorga Vivo Apex 2019 (yoki Vivo Apex 2) modeli sifatida taqdim etilishi kutilmoqda. Bugun – 21 yanvar kuni internetda uning ilk rasmlari chiqdi. Har holda, ularni taqdim etgan manba buning ayni o‘sha – The Waterdrop smartfoni ekanligini ta’kidlamoqda.

The Waterdrop umuman tuynuksiz ekanligi ta’kidlanmoqda, lekin qayeridadir SIM-karta uyachasi bo‘lishi kerak. Ammo rasmlarda Vivo Apex 2019 dizayni avval «sizib chiqqan» ma’lumotlarga uncha ham mos kelmayapti.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: iPhone’dan barcha tugmachalar va quvvatlash porti olib tashlanadi!

Shunday bo‘lsa-da, bu rasmlarni taqdim etgan manbaning ta’kidlashicha, kishilar «Suv tomchisi» telefonini o‘z qo‘llarida ushlab ko‘rishgan. U xuddi «metall sovun»ga yoki hamma tomonidan silliqlangan toshga o‘xshab ketarmish.

Nima ham derdik, taqdimotgacha uch kun qoldi, ungacha ham Vivo Apex 2019 haqida yangi ma’lumotlar chiqib qolsa bexabar qolib ketmaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

O‘QING: Kelajak smartfonlarida interfeys qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!