WhatsApp: smartfon xotirasini va megabaytlarni tejashning oddiy yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  1260
  •  05.06.2018 17:13

WhatsApp: smartfon xotirasini va megabaytlarni tejashning oddiy yo‘li topildi!

Biz ishlatadigan messenjerlar odatda turli yozishmalarimizdagi media-fayllarni qurilmamiz xotirasiga saqlab boradi. Bu esa smartfonimiz xotirasining to‘lib qolishiga, shuningdek, trafigimiz ortiqcha sarflanishiga olib keladi.

O‘QING: Android-qurilmangizni kesh, tarix va keraksiz fayllardan tozalamoqchimisiz?

Jumladan, keng tarqalgan WhatsApp ilovasi ham chatlarimizdagi surat, gif-rasm, audio va videofayllarni smartfonga yuklab boradi. Ularni saqlangan jilddan o‘chirsangiz – chatdan ham yo‘qoladi. To‘g‘ri, zamonaviy smartfonlarning doimiy xotirasi ancha katta hajmli qilib ham chiqarilmoqda, ammo hamma ham unaqasidan ishlatmaydi-da.

Xullasi kalom, WhatsApp ishlab chiquvchilari unga avtomatik tozalanib turish funksiyasini tatbiq etishmagan. Play Market katalogidan biror tozalovchi ilova yuklab olib, uning yordamida ortiqcha fayllarni o‘chirib turish mumkin. Ammo ayni shu ilovada shu fayllarni smartfon xotirasiga saqlab olinmaydigan qilib qo‘yish yo‘li ham bor ekan!

WhatsApp messenjerini chatlardagi suratlarni smartfonga yuklamaydigan qilish uchun sizga, avvalo, yangi fayl yarata oluvchi istalgan bir fayl menejeri (provodnik) zarur bo‘ladi.

O‘QING: Android uchun qulay fayl menejerlari

Quyidagi skrinshotlarda kerakli amallarni ES provodnik ilovasida bajarish ko‘rsatib berilgan. Provodnik-ilovada smartfon xotirasidagi yashirin fayllarni ham ko‘rish – "Pokazivat skritie fayli" parametrini yoqib qo‘yamiz.

So‘ng uning yordamida WhatsApp suratlarni saqlaydigan jildni ochamiz. Odatda u mana bu manzilda bo‘ladi: Ichki xotira/ WhatsApp/ Media/ WhatsApp Images

Shu jild ichida «.nomedia» nomli fayl yaratamiz (qo‘shtirnoqsiz, ammo boshida albatta nuqta bo‘lishi shart).

Bo‘ldi – endi WhatsApp orqali yuborilgan suratlar smartfon xotirasida saqlanmaydi, ammo chatlarda ko‘rinib turaveradi.

Darvoqe, xuddi shunday faylni video, audio yoki animatsiyalar saqlanuvchi qo‘shni jildlarda ham yaratib qo‘ysangiz, ular ham smartfoningizga yuklab olinmaydigan bo‘lib qoladi. Bu bilan esa siz qurilmangiz xotirasidagi joyni, megabaytlarni, mablag‘ni va asabingizni ancha tejaysiz!

Hammasini yana asl holiga keltirish uchun ham qiyin emas – o‘sha provodnik orqali kerakli jildga kirib, o‘zingiz yaratgan «.nomedia» nomli faylni o‘chirib yuborasiz – olam guliston!

O‘QING: Xushxabar: WhatsApp’ga guruhli audio va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi qo‘shildi. Uni qanday tekshirish mumkin?