Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!

  •   DiMaX
  •  2540
  •  09.10.2018 10:17

Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!

Joriy oy boshida e’lon qilingan jamlanma raqami 1809 bo‘lgan Windows 10 October Update apdeyti foydalanuvchilarning kompyuterlaridagi fayllar va jildlar o‘chib ketishiga olib kelganidan xabaringiz bor. Oqibatda ishlab chiquvchi mazkur yangilanishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

O‘QING: Microsoft o‘z xatosini tan olib, Windows 10 yangilanishini to‘xtatdi

Shu kabi kutilmagan holatlarning oldini olish, bundan tashqari internet-trafikni va kompyuter resurslarini tejash uchun tizimning avtomatik yangilanishlarini o‘chirib qo‘ygan ma’qul. Buni amalga oshirishning har xil usullari mavjud, quyida esa shuning eng oson yo‘lini ko‘rib chiqamiz.

1-QADAM. Klaviaturada Win + R tugmachalarini bosib, ochilgan oynachaga services.msc  yozib, so‘ng Enter tugmachasini bosasiz.

2-QADAM. Ochilgan oyna – Xizmatlarni boshqaruv jihozi (Instrument upravleniya slujbami) bo‘lib, undagi ro‘yxatning eng oxiridan «Windows yangilanish markazi» – «Sentr obnovleniya Windows» xizmatini topasiz.

3-QADAM. Mana shu «Sentr obnovleniya Windows» qatori ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosasiz.

O‘QING: Windows 10’dagi beshta «maxfiy», ammo foydali funksiya

4-QADAM. Ochilgan oynachadagi «Ishga tushirish turi» – «Tip zapuska» bo‘limida «O‘chirilgan» – «Otklyuchena» bandini tanlaysiz.

5-QADAM. Endi oynacha pastidagi «Qo‘llash» – «Primenit» tugmachasini bosasiz va «OK» bosib chiqib ketasiz.

Ko‘rib turganingizdek, bu usul o‘ta oson va bir necha soniyagina vaqt talab etadi, xolos. Windows 10’ning avtomatik yangilanishini butkul o‘chirib qo‘yish bilan siz anchagina internet-trafikni tejashga va kompyuter samaradorligini yaxshilashga erishasiz.

Qachondir yana tizimni yangilab olish zarurati tug‘ilsa, xuddi yuqorida ko‘rsatilgan usul orqali «Windows yangilanish markazi» xizmatiga kirib, «Ishga tushirish turi»ni «Avtomaticheski»ga o‘zgartirib qo‘yish kifoya.

Agarda kompyuteringizda eski versiyalardagi Windows o‘rnatilgan bo‘lsa, uning avtomatik yangilanishini o‘chirish usulini mana bu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!