Xavfsizlik va maxfiylik uchun Atom brauzeri chiqdi: uning xatosini topib, millionni qo‘lga kiriting!

  •   DiMaX
  •  950
  •  05.02.2019 14:33

Xavfsizlik va maxfiylik uchun Atom brauzeri chiqdi: uning xatosini topib, millionni qo‘lga kiriting!

Mail.ru Group kompaniyasi o‘tgan yili «Amigo» brauzerini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatayotgani haqida rasman e’lon qilgandi. Endi esa uning o‘rniga yangi – Atom nomli brauzer taqdim etdi.

O‘QING: Alisher Usmonov kutilmaganda Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

Ta’kidlanishicha, Atom brauzerida foydalanuvchilarning xavfsizligiga hamda ular shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligiga katta e’tibor berilgan. Mail.ru Group ushbu mahsulotiga shunchalik ishonyaptiki, uning nuqsonlarini topganlarni rag‘batlantirish bo‘yicha dastur e’lon qildi. Ya’ni, Atom’dagi jiddiy nuqsonni topgan xakerlarga bir million rubl miqdorida mukofot beriladi.

Mazkur mukofotlash dasturi xalqaro HackerOne.com resursida e’lon qilingan. Agarda «bir millionlik kamchilik»ni bir necha xaker topsa, u holda million rublni ular o‘zlaro bo‘lishib olishadi.

O‘QING: Fly Internet – reklamani bloklovchi va VPN’li, bepul Android-brauzer!

Atom brauzerida xavfsizlikni boshqarish uchun maxsus panel ko‘zda tutilgan. Ushbu panelga dasturning asosiy oynasidagi bittagina tugmachani bosish orqali o‘tiladi. Unda ayni damda ochiq turgan saytga qanday ruxsatlar berilganligini ko‘rish mumkin. Aniq biror resurs yoki butun internet uchun sozlamalarni tezkorlikda o‘zgartirish imkoni bor: kamera va mikrofondan foydalanishni, kukilarning yozilishini cheklash mumkin va hokazo. Jonga teguvchi reklamalarni, bildirishnomalarga obuna bo‘lish takliflarini bittagina tugmachani chertish orqali bloklab qo‘ysa bo‘ladi.

Ushbu dasturda «inkognito» rejimi ham bosh oynadagi tugmachani bitta bosish bilan yoqiladi. Ayrim saytlar uchun «inkognito» rejimini doimiy asosda yoqib qo‘yish mumkin, faqat unisi maxsus sozlama orqali qilinadi.

Atom brauzerini mana bu havola yordamida loyihaning rasmiy saytidan o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Musulmonlarga mo‘ljallangan eng qulay brauzer bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!