Xiaomi bugun Mi Mix 3 Youth Edition smartfonini taqdim etishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  960
  •  13.11.2018 10:47

Xiaomi bugun Mi Mix 3 Youth Edition smartfonini taqdim etishi mumkin!

Taniqli xitoylik ishlab chiqaruvchi kecha – 12 noyabr kuni reklama tasvirini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xiaomi bugun Youth turkumiga mansub navbatdagi mahsulotini namoyish qiladi.

O‘QING: Xiaomi rahbari «jonli» ko‘rsatdi: Mi 8 Youth emas, Mi 8 Lite ekan, u allaqachon sotuvga qo‘yilgan!

Qizig‘i shundaki, bugungi taqdimot anonsi sifatida tarqatilayotgan rasmda esa birorta gadjetga ishora yo‘q:

Shunday bo‘lsa-da, ayrim kuzatuvchilar bugungi tadbirda kompaniya Xiaomi Mi Mix 3 Youth Edition smartfonini namoyish etishi mumkinligini aytishmoqda. Agar shu rost bo‘lib chiqsa, bu eng so‘nggi Xiaomi flagmanining soddalashtirilgan va arzonroq versiyasi sifatida maydonga tushadi. Zero, slayder form-faktorli smartfonlar urfga kira boshlashi bilan Lenovo bozorga xuddi shunday arzon modelini chiqargan.

O‘QING: Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Aytish kerakki, «xitoycha Apple» ilk bor 2012 yili nomida Youth Edition so‘zlari bo‘lgan qurilma taqdim qilgan. Bu ekranining diagonali to‘rt dyuymlik Xiaomi Mobile Youth Edition smartfoni edi.

Kompaniya shundan keyin ham yoshlarbop turli devayslar va hatto mebellar to‘plami ham ishlab chiqargan. O‘zbekistonda esa Xiaomi smartfonlarini 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!