Xiaomi daktiloskopli ekranga ega Redmi Note 7 Pro’ning ham namoyish kunini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  3277
  •  20.02.2019 09:11

Xiaomi daktiloskopli ekranga ega Redmi Note 7 Pro’ning ham namoyish kunini e’lon qildi!

Tobora ommalashib borayotgan Xiaomi kompaniyasi Redmi turkumidagi smartfonlarini mustaqil brend sifatida ajratgach, uning ilk vakili bilan hammani hayratga soldi. 48 megapiksellik asosiy datchikli bosh kameraga ega Redmi Note 7 hozirgacha mahalliy bozorda talash bo‘lmoqda.

O‘QING: Xiaomi ham «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni global versiyada jahon bozoriga chiqaryapti!

Ushbu brendning Hindiston bo‘linmasi o‘zining Twitter-sahifasida reklama tizerini e’lon qildi. Unda «7» raqami va 28 fevral sanasi aks ettirilgan. Ma’lumki, kompaniya ayni shu kuni Redmi Note 7 modelining global versiyasini Hindistonda taqdim etadi.

Reklama tasvirining o‘zida qurilmaning turli xususiyatlariga ishoralar mavjud: qo‘sh modulli kamera, 4000 mA/soatlik akkumulyator va asosiy optik datchikning tasvir aniqligi kabi.

Agarda rasmni kattaytirib razm solsak, barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiya qilinganligiga ham shama qilinayotganiga guvoh bo‘lamiz («7» raqamining yuqori qismida, qo‘shaloq datchikdan o‘ngroqda). Ammo qizig‘i shundaki, Redmi Note 7 modeli bunday texnologiyaga ega emas! Kuzatuvchilar shundan kelib chiqib, Xiaomi mazkur sanada «kichkina King-Kong»ning global versiyasi bilan birga, Redmi Note 7 Pro’ni ham rasman taqdim etishini aytishmoqda.

Bunga yaqin orada aniqlik kiritilsa kerak, hozircha esa Xiaomi fanatlari barcha e’tiborlarini bugungi taqdimotga qaratishgan.

O‘QING: 205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!