Xiaomi direktori Mi 10 hamda Mi 10 Pro’ning asosiy jihatlarini ochiqladi

  •   DiMaX
  •  2405
  •  30.12.2019 09:42

Xiaomi direktori Mi 10 hamda Mi 10 Pro’ning asosiy jihatlarini ochiqladi

Bir necha kun avval internetda tarqalgan xabararga ko‘ra, Mi 10 kamida 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘ladi. Kuni kecha top-menejeri bu turkumdagi ikki smartfonning texnik xususiyatlarini aytdi.

O‘QING: Xiaomi «damini olsin» – Snapdragon 865 chipli smartfonni undan avval boshqasi chiqaryapti!

Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘yicha direktori Van Teng Tomas (Wang Teng Thomas) kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bitta savol berdi. U kompaniya muxlislaridan qanday smartfonni tanlashlarini so‘ragan: 2K ekrani 120 gers chastotali va 5000 mA/soatlik batareyali flagmannimi, yoki uning Full HD displeyida kadr chastotasi 90 gerslik, 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega versiyasinimi?

Kuzatuvchilarning fikricha, bu yerda bitta modelning ikki xil konfiguratsiyasi haqida gap ketmoqda. Bu yerda ko‘zda tutilgan Full HD ekranli smartfon – bazaviy Mi 10 varianti bo‘lsa, 2K formatidagi displeylisi esa Mi 10 Pro bo‘ladi.

Bu taxminlarga yaqin orada aniqlik kiritilsa kerak, ammo eng kutilayotgan boshqa bir Xiaomi flagmani yaqindagina ishlayotgan holatida birinchi marta «jonli» ko‘rsatilgan.

O‘QING: Xiaomi yana Ginnessning rekordlar kitobida: bu gal u qanday «karomat» ko‘rsatdi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!