Xiaomi direktori: «Yo‘q, Mi 6S modeli chiqmaydi!» Xo‘sh, o‘rniga-chi?

  •   DiMaX
  •  949
  •  16.10.2018 09:17

Xiaomi direktori: «Yo‘q, Mi 6S modeli chiqmaydi!» Xo‘sh, o‘rniga-chi?

Kuni kecha Geekbench servisida Xiaomi Mi 6S smartfoni tekshirib ko‘rilgani haqida ma’lumot chiqqandi. Snapdragon 835 protsessorli ushbu modelning Mi Mix 3 flagmani hamda Mi Note 4 (yana bir nomi – Xiaomi LEX) fableti bilan birga taqdim etilishi ham taxmin qilingandi.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi – Mi 6S smartfoni: hamyonbop, ammo Snapdragon 835 chipli va Android 9 tizimli!

Ammo kecha – 15 oktyabr kuni Xiaomi kompaniyasining mobil mahsulotlar marketingi bo‘yicha direktori Mi 6S rusumli smartfon chiqarilishini inkor qildi. Bu haqda u Weibo tarmog‘idagi o‘z akkauntida xabar bergan.

Mi 6S modeli chiqmasligini ta’kidlar ekan, direktor Geekbench’da yangigina tekshirib ko‘rilgan qurilma haqida biror izoh ham bermagan. Shunga qaraganda, yo bunaqa telefon umuman chiqarilmaydi, yo boshqa nom bilan taqdim etiladi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!