Xiaomi ekrani daktiloskopli Redmi X flagmanining taqdimot kunini rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2220
  •  28.01.2019 18:15

Xiaomi ekrani daktiloskopli Redmi X flagmanining taqdimot kunini rasman e’lon qildi!

Bugun internetda Xiomi kompaniyasining kutilayotgan yangi gadjetlari haqidagi tizerlar ko‘payib qoldi, ularning barchasi haqida ham yozishga imkon bo‘lavermaydi. Ertalab uning Mi 9 flagmani haqidagi rasm e’lon qilingan bo‘lsa, endi yaqinda mustaqil bo‘lgan Redmi brendidagi flagmanning posteri chiqdi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9’ning ilk rasmiy tizeri e’lon qilindi – u fevraldayoq taqdim etilishi mumkin!

Yangi tizer, avvalo, flagmanning nomini tasdiqlaydi – u Redmi X deb nomlanmoqda. Qolaversa, nomi ostidagi yozuvga ko‘ra, bu – Redmi brendining barmoq izi skaneri displeyga joylangan ilk smartfonidir. Bundan tashqari, eng pastidagi yozuvga qaraganda, uni 15 fevraldayoq namoyish etishadi!

Yuqoridagilar – hozircha Redmi X haqidagi rasman aytilgan eng aniq ma’lumotlar, xolos. Bulardan tashqari, avvalroq Xiaomi rahbari Redmi turkumida ham eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 855 protsessorli flagman taqdim etishini aytgan. Bu ham ayni mana shu model bo‘lishi, uning yana 4000 mA/soatlik akkumulyator va uch yoki kamida ikki modulli kamera bilan jihozlanishi ham kutilmoqda.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!