Xiaomi ertagayoq taqdim etayotgan Redmi X flagmanining narxi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  5553
  •  14.02.2019 09:55

Xiaomi ertagayoq taqdim etayotgan Redmi X flagmanining narxi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi!

«Xitoycha Apple» hamyonbop smartfonlar turkumidagi Redmi X flagmanining taqdimot kunini hali yanvarning oxiridayoq rasman aytgan edi. Ammo keyinchalik bu model «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va boshqa gadjetlar haqidagi xabarlarning «soyasida qolib ketgan».

O‘QING: Xiaomi ekrani daktiloskopli Redmi X flagmanining taqdimot kunini rasman e’lon qildi!

Xiaomi o‘sha rasmiy taklifnomasida ma’lum qilgan ma’lumotlar – uning 15 fevralda rasman namoyish etilishi va uning ekrani daktiloskopli ilk Redmi smartfoni ekanligidir. Endi esa iGeekPhone resursi uning kutilayotgan texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Redmi X hali yaqindagina taqdim qilingan Snapdragon 712 protsessori bazasida ishlaydi. Xotira hajmiga kelsak, bu smartfon 4/64 gigabaytlikdan 8/256 gigabaytlikkacha konfiguratsiyalarda taqdim etiladi.

Redmi X’ning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – uch modulli (48, 20 va 8 MPlik) bosh kamerasidir. Bundan tashqari, mazkur smartfon selfi ishqibozlari uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Ushbu devaysning 6,6 dyuymlik ekranidagi tomchisimon «kemtik»da naq 20 va 8 megapiksellik sensorlardan iborat qo‘shaloq old kamera joylashgan!

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi 9’ning ilk sifatli «jonli» suratlari uning texnik jihatlarini oshkor etdi

Smartfonning akkumulyatori 4500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega va u 27 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi X modelining narxi 222 dollardan boshlanadi.

Ushbu brendning dastlabki modeli – Redmi Note 7’ni O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!