Xiaomi fanatlari petitsiya tuzishdi: ular nimadan norozi?

  •   DiMaX
  •  716
  •  29.05.2021 11:02

Xiaomi fanatlari petitsiya tuzishdi: ular nimadan norozi?

Internetda qiziq petitsiya paydo bo‘ldi – uni Xiaomi hamda uning subbrendlariga mansub smartfonlar egalari tuzishgan. Unda mazkur kompaniyaning global bozorga chiqargan telefonlaridan norozilik bildirilgan.

O‘QING: Xiaomi endi qora ro‘yxatda emas

Jahon bozoriga chiqarilgan Xiaomi, Poco hamda Redmi smartfonlaridagi MIUI grafik qobig‘i xususiyatlari ham, uning qo‘llab-quvvatlanishi ham xitoycha versiyalardagi kabi emas. Shu boisdan petitsiya mualliflari MIUI grafik qobig‘ining global va xitoycha talqinlarida funksiyalar va apdeytlar bo‘lishini kompaniya rahbariyatidan talab qilishmoqda.

Petitsiya matnida aytilishicha, xitoychasidan farqli ravishda, global MIUI versiyalarida xatoliklar va oxiriga yetkazilmagan o‘rinlar ko‘p. Buning ustiga, apdeytlar Xitoydagi smartfonlarga tarqatilgach, oradan ancha o‘tib global versiyalarga uzatiladi.

Xulosa sifatida muxlislar Xiaomi telefonlarining narxlari oshib borayotgani, ularni qo‘llab-quvvatlash esa aksincha – yomonlashib borayotganini aytishgan. Shu boisdan fanatlar kompaniyadan «yana yo‘nalishini o‘zgartirib, yana smartfonlar narxini va ularga xizmat ko‘rsatishni avvalgidek holatga qaytarish»ni so‘rashgan.

Petitsiyaning to‘liq (ingliz tilidagi) matni bilan mana bu havola orqali tanishib chiqish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa ushbu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.