Xiaomi Mi 9 prototipi «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  1069
  •  05.02.2019 09:39

Xiaomi Mi 9 prototipi «jonli» suratda!

Yaqin orada «Xitoycha Apple»ning Xiaomi Mi 9 flagmani taqdim etilishi kutilmoqda. Kuni kecha biz uning «jonli» rasmini ham e’lon qilgandik.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi Mi 9 flagmanining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi!

Slashleaks resursi ushbu smartfonga aloqador yana bitta fotosuratni tarqatdi. Izohida yozilishicha, bu – Xiaomi Mi 9 flagmanining haqiqiy prototipidir. Rasmda u to‘liq ko‘rsatilmagan, chunki unga «josuslikka qarshi» g‘ilof kiydirilgan.

Biroq bu qurilmada avvalgi suratdagisiga nisbatan birmuncha farqli jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan – uch modulli kamera tuzilishi sal boshqacharoq, fotochaqnoq ham ko‘rinmaydi. Eng asosiysi – orqa panelda barmoq izi skaneri bor! Avvalgi xabarlarga ko‘ra, Mi 9 modelida ushbu sensor displeyning o‘ziga joriy etilishi kerak.

Ehtimol, bu – Mi 9’ning muhandislik prototiplaridan biridir va yakuniy smartfon boshqacharoq bo‘lib chiqar. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.