Xiaomi Mi A2 to‘xtatiladi, ammo...?

  •   Saroy
  •  1925
  •  31.05.2018 13:26

Xiaomi Mi A2 to‘xtatiladi, ammo...?

Aprel oyida Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi  6X’ni chiqargan edi. U Mi 5X modelining izdoshi bo‘lgandi. Endi esa, foydalanuvchilar  Xiaomi Mi A2’ning chiqishini kutishmoqda. Qolaversa,  MIUI’siz OS Android’da mavjud imkoniyatlar ushbu qurilmada ham bo‘lishini kutishmoqda. Yaqinda Hindistondagi Digit nashri, Xiaomi xodimining bergan ma’lumotlariga tayanib, kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ro‘yxatida Xiaomi Mi A2 yo‘qligini ta’kidlashdi.

O‘QING: Xiaomi eng kuchli kamerafonini aytdi

Xitoy gigantining OS Android’da ishlaydigan ilk smartfoni –  Xiaomi mi A1 O‘tgan yil sentyabrda savdoga chiqqan edi. Shunday buyon qurilma mashhurligini yo‘qotgani yo‘q. Shu bois, foydalanuvchilar Xiaomi Mi 6X’ anonsidan keyin Xiaomi Mi A2’ning taqdimotini kutishi mantiqiy jihatdan to‘g‘ri, albatta.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 – yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Olingan ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Xiaomi Mi A2 modelini endi ko‘rmaymiz, ammo Xiaomi MIUI’siz apparat chiqarishni to‘xtatish haqida o‘ylayotgani  yo‘q. Yangi modellar chiqariladi, biroq ular boshqa nom bilan va Android One dasturi doirasida chiqariladi, lekin qachon..?

 Xullas, qurilmaning chiqish sanasi va narxi hozircha jumboq bo‘lib turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.