Xiaomi Mi Mix 3 taqdimoti yaqin – u Sanoat vazirligida sertifikatsiyadan o‘tdi!

  •   DiMaX
  •  1578
  •  22.08.2018 09:48

Xiaomi Mi Mix 3 taqdimoti yaqin – u Sanoat vazirligida sertifikatsiyadan o‘tdi!

«Xitoycha Apple»ning eng kutilayotgan flagmani – Mi Mix 3 haqidagi xabarlar, texnik jihatlari borasidagi ma’lumotlar tobora ko‘payib bormoqda. Uning romsiz ekranga hamda korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi old kameraga ega ekanligi avvaldan fosh bo‘lib bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3: eng innovatsion flagman yangi «jonli» suratlarda!

Mi Mix 3 smartfoni joriy yilning 15 sentyabrida rasman namoyish etilishi haqida Xiaomi o‘zi xabar bergan. Bugun – 22 avgustda esa ushbu qurilmaning taqdimoti yaqin ekanini tasdiqlovchi xabar chiqdi. Ya’ni, Xitoy Sanoat vazirligida u M1810E5A raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan.

Agarda sentyabrning o‘rtasida namoyish etilsa, Mi Mix 3 flagmani oktyabrning boshidanoq savdoga chiqarilishi mumkin. Ungacha esa Xiaomi kompaniyasining boshqa brend ostidagi hamyonbop, ammo kuchli flagmani diqqat markazida bo‘ladigan ko‘rinadi...

O‘QING: 22 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Pocophone F1’ni hozirdanoq OLX onlayn bozoridan olish mumkin! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!