Xiaomi Mi Mix 3s: suratlari, taqdimot vaqti, narxi va texnik jihatlari

  •   DiMaX
  •  3098
  •  05.12.2018 13:11

Xiaomi Mi Mix 3s: suratlari, taqdimot vaqti, narxi va texnik jihatlari

«Xitoycha Apple» o‘zining slayder form-faktorli ilk smartfoni – Xiaomi Mi Mix 3 flagmanini hali yaqindagina taqdim etgandi. Ko‘p jihatlariga ko‘ra rekordchi bo‘lgan bu qurilma savdosi ham ancha yaxshi bo‘lyapti.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Mazkur korporatsiya endi uning keyingi avlodi – Xiaomi Mi Mix 3s modelini ham tayyorlayotgani haqida yozganmiz. Uning ehtimoliy suratlarini, texnik jihatlari va narxi haqidagi ma’lumotlarni Igeekphone resursi e’lon qildi.

Xiaomi Mi Mix 3s ham originali kabi slayder form-faktorida bo‘lib, old yuzasining 95 foiz maydonini diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED-ekran egallaydi. Tasvir aniqligi 2340x1080 pikselni tashkil etuvchi ushbu keng formatli displeyning o‘ziga yangi avlod barmoq izi skaneri ham integratsiya qilinadi.

Uning texnik ta’minoti asosini hali kechagina rasman taqdim qilingan va boshqa barcha Android-protsessorlardan ustunligini ko‘rsatgan Snapdragon 855 chipi tashkil etadi. Shunga ko‘ra, Mi Mix 3s flagmani 5G tarmog‘ini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Nihoyat, Qualcomm Snapdragon 855 protsessori taqdim etildi va AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Original Mi Mix 3 modeli 10 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ilk smartfon bo‘lgan bo‘lsa, Xiaomi uning keyingi avlodida bu rekordini yangilamoqchi. Ya’ni, modifikatsiyasiga qarab Mi Mix 3s flagmanining tezkor xotirasi 8 dan 12 gigabaytgacha, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytdan naq 1 terabaytgacha hajmli bo‘ladi!

Yangi slayder flagmanning asosiy kamerasi 20, 16 va 13 megapiksellik aniqlikdagi uch modulni o‘z ichiga oladi. U tasvirni avtomatik barqarorlashtirish funksiyasiga hamda avtomatik zumga ham ega. Bundan tashqari, uning 24 megapiksellik old kamerasi ham selfi ishqibozlarini xushnud etadi.

Xiaomi Mi Mix 3s’ning «quvvat toshi» 4000 mA/soatlik akkumulyator bo‘lib, u QC4.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Mazkur flagman MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimi bilan chiqariladi.

Manbaning ta’kidlashicha, Mi Mix 3s slayder-smartfoni hali 2019 yilning oxirlarida taqdim etiladi va Xiaomi unga 620 AQSh dollari miqdorida narx belgilaydi. Bu kompaniyaning aksariyat smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!