Xiaomi’ning 13 apreldayoq taqdim etiladigan «Qora akula» smartfonini batafsil tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1783
  •  03.04.2018 17:16

Xiaomi’ning 13 apreldayoq taqdim etiladigan «Qora akula» smartfonini batafsil tomosha qilamiz!

Keyingi paytlarda ayrim smartfonsozlar aynan o‘yinlar o‘ynashga moslashtirilgan qudratli telefon tayyorlashga jiddiy kirishishgan. Buni aslida o‘tgan yili o‘yin qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya boshlab bergan edi.

O‘QING: Razer Phone: geymerlar smartfonining barcha xususiyatlari taqdimotdan bir kun avval fosh bo‘ldi

Keyin esa unga qarshi «Xitoycha Apple» maydonga tushdi – kodli nomi Black Shark (yoki BlackShark) bo‘lgan baquvvat smartfon tayyorlashga kirishdi.

So‘ngroq bu «jang»ga yana bir xitoylik – ZTE korporatsiyasi ham kirishdi. U hatto o‘zining o‘yinbop smartfoni prototipini Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida ko‘rsatishga ham ulgurdi. Yaqinda esa korporatsiya rahbari uning nomi va ayrim jihatlarini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zining rasmiy akkaunti orqali ma’lum qildi.

O‘QING: Galaxy S9 va Razer Phone’ni «yer tishlatuvchi» qudratli smartfon e’lon qilindi!

Bir necha soat oldin xitoylik manbalar Xiaomi kompaniyasi tayyorlayotgan «Qora akula» smartfonining har tomonlama rasmlarini hamda turli jihatlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishdi.

Weibo tarmog‘ida ularni e’lon qilgan manbaning ta’kidlashicha, mazkur suratlar Xiaomi korporatsiyaga qarashli Black Shark Technologies kompaniyasi tomonidan hamkorlarga jo‘natilgan ekan. Bundan ko‘zlangan maqsad – shunday g‘ayrioddiy smartfonni hali taqdimotidan burunoq tanitish, bozorga ilgari surilishini ta’minlashdir, deyiladi xabarlarda.

O‘QING: Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan geymer-smartfoni AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Suratlardan ko‘rinib turishicha, Black Shark qurilmasi smartfon bo‘lishdan tashqari, Nintendo Switch yoki PS Vita kabi ixcham o‘yin pristavkasi vazifasini ham bajaradi. Devaysni gorizontal holatda ushlaganda, uning ekrani yon tomonlarida joystik, «+» shaklli va boshqa bir qator tugmachalar o‘rin olgan. Shuningdek, Xiaomi bu gadjeti korpusining yon qirralarida qo‘shimcha tugmachalar ham joylagan.

Xiaomi Black Shark quvvatlash va boshqa qurilmalarga ulanish uchun USB Type-C bilan ta’minlangan, quloqchin uchun odatiy 3,5 millimetrlik tirqish ham olib tashlanmagan.

O‘QING: Xiaomi "bayroqdor" o‘yin-smartfoni haqida e’lon qildi

Bulardan tashqari, rasmiy manbadan olingan xabarga ko‘ra, ushbu geymerofon tezkor va doimiy xotirasining hajmiga ko‘ra uch xil modifikatsiyada – 6/128, 8/128 hamda 8/256 gigabaytlik talqinlarda taqdim etiladi. Ularning barchasi eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga tayanadi. Smartfon samaradorligini ta’minlashda undagi 2,8 GGs chastotasida ishlovchi sakkizta yadro, Adreno 630 grafik tezlatgichi hamda X20 LTE modemining ham hissasi katta.

Xiaomi Black Shark modelining Full HD+ formatli (2160x1080 pikselli) displeyi ham o‘zgacha – tezkor o‘yinlarda tasvirlarning silliqligini ta’minlash uchun 120 Gs chastotada yangilanish qobiliyatiga ega. Telefonning korpusidagi ko‘plab moddiy tugmachalar evaziga geymerlar aynan smartfonlar uchun ishlab chiqilgan videoo‘yinlardan to‘laqonli bahra ola biladilar.

O‘QING: Xiaomi’ning qudratli Blackshark smartfoni Geekbench’da imtihon topshirdi

O‘yinbop smartfonning akkumulyatori qanchalik sig‘imdor ekani hozircha ma’lum qilinmagan. Ammo, Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi sharofati bilan bu telefon bir yarim soatgacha bo‘lgan muddatda to‘liq quvvat olishi aytilgan.

Xabarlarga hamda yuqoridagi so‘nggi suratda aks ettirilgan sanalarga ko‘ra, Xiaomi o‘zining Black Shark smartfonini juda yaqin orada, aniqrog‘i – 13 apreldayoq taqdim etmoqchi. Uning aniq narxi va savdoga qachon chiqarilishi hozircha noma’lum, ammo «xitoycha Apple»ning bozorga taqdim etilgan ko‘plab smartfonlari yurtimizda ham sotilmoqda.

O‘QING: Butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladigan Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.