Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  2037
  •  16.01.2019 09:13

Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

«Xitoycha Apple» yaqinda mustaqil brend sifatida ajratilgan Redmi turkumidagi ilk smartfonini taqdim etdi. U hali rasmiy namoyishidan avvaloq sifatli kamerasi va yuqori darajadagi mustahkamligi bilan mashhur bo‘ldi.

O‘QING: VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

Endi esa Xiaomi flagman turkumi – Mi seriyasiga oid navbatdagi smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashhur insayder Ben Geskin o‘zining Twitter-akkaunti orqali ma’lum qilishicha, bu namoyish 24 fevralga belgilangan.

Lekin 15 yanvardagi ushbu tvitini Ben Geskin negadir keyinroq o‘chirib yuborgan. Unda quyidagi rasm ham bo‘lgan:

Insayderning taxminicha, 24 fevralda Mi Mix 3 slayderining 5G-versiyasi namoyish etilishi mumkin. Lekin ayrim kuzatuvchilar shu kuni Mi 9 flagmani taqdimotini kutishmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 flagmani kamida ikkita variantda chiqariladi va ular o‘zaro jiddiy farqlanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.