Xiaomi’ning yana 4 xil smartfoni uchun barqaror MIUI 10 proshivkasi tarqatilmoqda

  •   DiMaX
  •  2022
  •  05.09.2018 18:24

Xiaomi’ning yana 4 xil smartfoni uchun barqaror MIUI 10 proshivkasi tarqatilmoqda

«Xitoycha Apple» joriy yil may oyining so‘ngidagi anjumanida MIUI 10 grafik qobig‘ini rasman namoyish etgandi. O‘shandan buyon bir necha rusumdagi smartfonlari uchun unga asoslangan proshivkalarni tarqatmoqda.

O‘QING: Ikkita modeldagi Xiaomi smartfoni uchun barqaror MIUI 10 chiqdi

Avvalroq Mi 8, Mi 8 SE, Mi 8 Explorer Edition, Mi MIX 2, Redmi Note 5, Mi Note 3 hamda Mi 5 smartfonlari uchun barqaror MIUI 10 proshivkasi chiqqandi. Endi esa ular qatoriga yana to‘rtta model – Mi Mix 2S, Redmi 6 Pro, Mi Note 2 va Mi 6X ham qo‘shildi.

Aytish kerakki, apdeyt «havo orqali» hozircha faqat Xitoyda tarqatilmoqda. Ammo yaqin orada dasturchilar global versiyadagi smartfonlar uchun ham MIUI 10 proshivkalarini chiqarishni va’da qilishgan.

Nima ham derdik, kutamiz-da...

O‘QING: Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.