Xiaomi’ning yana bitta – Mi 8s smartfoni: 48 MPlik kamera, sig‘imdor akkumulyator va eng yangi Qualcomm protsessori!

  •   DiMaX
  •  3760
  •  10.11.2018 11:45

Xiaomi’ning yana bitta – Mi 8s smartfoni: 48 MPlik kamera, sig‘imdor akkumulyator va eng yangi Qualcomm protsessori!

Eng sermahsul smartfonsozlardan bo‘lgan «xitoycha Apple» may oyi so‘ngida sakkizinchi avlod flagmanlarini taqdim etgandi. Keyinchalik ushbu turkumda yana bir nechta yangi modellarini chiqardi.

O‘QING: Atigi 145 dollarlik Xiaomi Mi 8C – hamyonbop flagmanning soddalashtirilgan versiyasi ham tayyor!

Manbalarga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi ular qatoriga yana bitta – Mi 8s modelini ham qo‘shib qo‘ymoqchi. Nomiga qarab, uni standart Mi 8 flagmanining yaxshilangan versiyasi, deb o‘ylash mumkin, lekin aslida boshqacha. Masalan, unga Qualcomm kompaniyasining eng yangi, ammo samaradorligi Snapdragon 745 chipidan past bo‘lgan Snapdragon 675 protsessori qo‘llanadi.

Ammo Xiaomi Mi 8s anchagina sig‘imdor – 4000 mA/soatlik batareya bilan ta’minlanishini aytishmoqda. Bundan tashqari, yangi smartfonning bosh kamerasida naq 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigi qo‘llanadi.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita smartfoni kamerasini Mi Mix 3 darajasigacha kuchaytiryapti!

Shuningdek, bu smartfon ekranining tepa qismida tomchisimon «kemtik»ka ega ekanligi bilan ham maqtansa arziydi. Darvoqe, diagonaliga 6,4 dyuymlik displeyga barmoq izi skaneri ham integratsiya qilinadi.

Yaqinda Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning noma’lum smartfoni «ko‘zga tashlangan» edi. Snapdragon 675 protsessoriga hamda 4 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lgan ushbu qurilma ayni shu Mi 8s modeli bo‘lib chiqsa ham ajabmas.

Mi 8s smartfoni, tabiiyki, Xiaomi’ning flagmanlaridan pastroq narxlanadi, ammo bu borada biror raqam aytishga hali erta. Shuningdek, uning taqdimot vaqti ham hozircha noma’lum. Kompaniyaning hozirgacha global bozorga chiqqan aksariyat rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.