Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

  •   DiMaX
  •  2715
  •  16.04.2020 09:54

Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

«Xitoycha Apple» kuchli va nisbatan arzon smartfonlar taqdim etib kelayotgan bo‘lsa-da, uning hali birorta ham kuchli himoyalangan modeli yo‘q. Xiaomi nihoyat shunaqa qurilma ham tayyorladi va allaqachon uning muhandislik prototipi suratlari tarqaldi.

O‘QING: Soxta smartfonlar reytingida Samsung, Apple va Xiaomi «yetakchi» bo‘ldi! (Master Lu, 2020 yil 1-chorak)

Korpusi IP68 standartiga ko‘ra suvdan muhofaza etilgan Xiaomi smartfonining prototipi Comet, ya’ni «Kometa» deb nomlangan.

«Jonli» fotosuratlar va ishonchli insayderlar uning texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar bermoqda.

Ularga ko‘ra, Comet suyuq kristalli displey, Snapdragon 710 protsessori hamda 4/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega.

Umumiy dizayni korporatsiyaning Black Shark brendi ostidagi geymerofonlarni eslatuvchi bu smartfonda barmoq izi skaneri orqa panelga o‘rnatilgan.

O‘QING: Black Shark 3 bilan birga Black Shark 3 Pro ham namoyish etildi: bunaqa texnologiyalar boshqa birortasida yo‘q!

«Kometa» akkumulyatori negadir sig‘imdor emas – atigi 2900 mA/soatlik; ehtimol, bozorga chiqadigan yakuniy versiyada u boshqacha bo‘lar.

Bosh kamera 12 va 2 megapiksellik datchiklardan iborat.

Xiaomi uning korpusini ko‘plab xitoycha «o‘ldirib bo‘lmas» arzon smartfonlarga o‘xshash qilib ishlagan.

Xiaomi assortimentida hali birorta ham IP68 darajasidagi muhofazali smartfon bo‘lmagan. Kompaniya ayrim modellarida faqat suv sachrashidan himoya borligini e’lon qilgan, ammo amalda uning ayrim modellari qisqa muddatga suv ostiga kirib chiqishga ham dosh beradi. Shunga qaraganda, rasman ham himoyali Comet chindan-da mustahkam bo‘lsa kerak.

E’tibor bering: Xiaomi Comet – mazkur qurilmaning ishchi nomi; bozorga uning aynan qanday model sifatida taqdim etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!