Xiaomi o‘n yilligiga bag‘ishlangan yubiley flagmani tayyor! (+«jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  1422
  •  08.04.2020 11:50

Xiaomi o‘n yilligiga bag‘ishlangan yubiley flagmani tayyor! (+«jonli» rasmlar)

«Xitoycha Apple» 27 mart kuni Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlarining global anonsidan tashqari, Xiaomi Mi 10 Lite rusumli yangi smartfonini ham ko‘rsatgan. Kompaniya endi o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition flagmanini ishlab chiqdi.

O‘QING: Xiaomi uch yil avvalgi flagmanini zamonaviy qilib qayta chiqaryapti!

Xiaomishka nikli insayder o‘zining Twitter-akkaunti orqali Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition qadog‘ining «jonli» rasmlarini e’lon qildi:

Quyidagi xitoycha matnda ta’kidlanishicha, o‘rnatilgan qoliplardan chiquvchi texnologiyalar mavjud; dunyodagi har bir inson ushbu texnologiyalar olib keluvchi sifatli hayotdan bahra olishga haqli.

Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition yubiley flagmani standart Xiaomi Mi 10 smartfonidan qanday farqlanishi hozircha noma’lum. Xiaomi bulardan tashqari yana Mi 10 SE hamda Mi 10S Pro modellarini ham tayyorlayotgani to‘g‘risida xabarlar berganmiz.

O‘QING: Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!