Xiaomi Pocophone F1 ilk «jonli» videoda: uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1542
  •  09.08.2018 09:39

Xiaomi Pocophone F1 ilk «jonli» videoda: uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xitoylik korporatsiya G‘arb bozori uchun o‘z smartfonlarining yangi – Pocophone brendini ro‘yxatdan o‘tkazganidan xabaringiz bor. Ushbu turkumning ilk vakili – Pocophone F1 haqida bir qator ma’lumotlar va «jonli» suratlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 – eng kuchli protsessorga ega eng arzon smartfon!

Insayderlar kecha ushbu smartfonning «jonli» videosini internetga chiqarishdi. Unda Xiaomi Pocophone F1 qadog‘i ochilib, jamlanmasi ko‘rsatilgan, qurilmaning o‘zi yoqib, sozlamalari namoyish etilgan.

Mana, unga «jonli» videoda ilk bor nazar solamiz:

Mazkur video Xiaomi’ning eng arzon flagmani xususiyatlari haqidagi, avval tarqalgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Uning taqdimoti mana shu oydayoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

Shuningdek, Xiaomi Pocophone F1 smartfonining AnTuTu benchmarkida tekshirilish jarayoni aks ettirilgan «jonli» videolavhani ham saytimizga joyladik, uni mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi – «jonli» suratlar, to‘liq xususiyatlari va narxi bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.