Xiaomi Pocophone F2 ham tayyor – u allaqachon Geekbench’da imtihon topshirdi!

  •   DiMaX
  •  1453
  •  29.12.2018 12:08

Xiaomi Pocophone F2 ham tayyor – u allaqachon Geekbench’da imtihon topshirdi!

«Xitoycha Apple» o‘zining ikkinchi avlod arzon flagmani – Pocophone F2 modelini 25 dekabrda taqdim etadi, degan xabarlar chiqqandi. Ammo o‘sha kuni Xiaomi boshqa smartfonini yangi konfigursiyada, «o‘q o‘tmas» talqinda namoyish etdi.

O‘QING: Pocophone F2 o‘rniga yangi versiyada Pocophone F1 taqdim etgan Xiaomi baribir Mi Play bilan rekord o‘rnatdi

Ammo Pocophone F2 haqidagi gap-so‘zlar ham asossiz emas ekan – Xiaomi allaqachon bu modelini ham tayyorlayapti! Kompaniya uni rasman taqdim etishdan avval Geekbench servisida tekshirib ko‘rdi. Mana, uning natijalari bilan tanishing:

Ko‘rib turganingizdek, Geekbench’da yangi smartfon yakka yadroli testda 2321 ball, ko‘p yadrolisida esa 7564 ball olgan.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Benchmark ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan axborotlarga ko‘ra, Pocophone F2 smartfoniga Android 9 Pie operatsion tizim talqini o‘rnatilgan. Ammo unga Snapdragon 845 protsessori va 6 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgani g‘alati. Chunki 2018 yilning avgustida namoyish qilingan original Pocophone F1 modelida ham ayni shu chip va aynan shuncha hajmli «operativka» qo‘llangan.

Insayderlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Pocophone F2 smartfonida Qualcomm’ning eng yangi va kuchli – Snapdragon 855 protsessori qo‘llanishi kerak. Ehtimol, Geekbench’da uning hali yakuniga yetmagan namunasi tekshirilib ko‘rilgandir.

Darvoqe, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi Xiaomi Pocophone F1 modelining 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqinini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 2 769 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, «Xitoycha Apple»ning boshqa bir qator smartfonlarini ham 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!