Xiaomi rahbari hali noma’lum bo‘lgan Mi 8X smartfoni bilan «qo‘lga tushdi»! («jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  3148
  •  07.08.2018 08:09

Xiaomi rahbari hali noma’lum bo‘lgan Mi 8X smartfoni bilan «qo‘lga tushdi»! («jonli» suratlar)

«Xitoycha Apple» may oyining so‘ngidagi anjumanida o‘zining yubiley smartfoni – Mi 8, shuningdek uning Mi 8 SE va Mi 8 EE modellarini rasman taqdim etgandi. Ushbu qurilmalar allaqachon bozorga ham chiqarilgan va hatto nuqsonlari borligi ham allaqachon aniqlangan.

O‘QING: Xiaomi Mi 8’da «ishkal» chiqdi: eng muhim funksiyasi umuman ishlamas ekan!

Ammo Xiaomi ushbu seriyada yana bitta rusumda smartfon tayyorlagan va uni hali jamoatchilikka ma’lum qilmagani kechagina fosh bo‘ldi. Nafaqat oshkor bo‘ldi, balki Mi 8X deb nomlanuvchi bu devaysning birdaniga bir nechta «jonli» suratlari ham tarqaldi. Mana, ulardan biri:

Ko‘rib turganingizdek, ushbu smartfonning orqa panelida barmoq izi skaneri yo‘q. Demak, Mi 8X modelida daktiloskopik datchikni bevosita ekranning o‘ziga integratsiya qilgan bo‘lishi mumkin, zero, uni «Home» tugmasiga o‘rnatadigan zamonlar o‘tib ketgan. Shuningdek, yangi qurilmada 3D Face – to‘laqonli yuz skaneri maavjudligi ham taxmin qilinmoqda.

O‘QING: 30 iyulda Xiaomi'ning eng qimmat smartfoni sotuvga chiqarildi

Qo‘sh kamerali bu gadjet korpusining o‘lchamlari ham ixchamroqdek ko‘rinadi. Bu rasmdagi smartfonni shunchaki xitoycha qalbaki ayfonlardan biri, deya e’tiroz bildiruvchilar ham bo‘ldi, ammo quyidagi suratda Xiaomi bosh direktorining qo‘lida ayni shu devays borligiga nima deysiz!?

Manbaning ta’kidlashicha, Mi 8X ham, xuddi Mi 8 SE modeli singari, Snapdragon 710 protsessoriga asoslangan.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 SE sotuvga chiqarildi

Shuningdek, Mi 5X hamda Mi 6X rusumli smartfonlar yakunda Mi A1 va Mi A2 uchun asos bo‘lganini hisobga olsak, yangi smartfon dunyo bozoriga Mi A3 nomi bilan chiqishi ham mumkin.

Xiaomi Mi 8X texnik jihatlari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q, faqat uning kodli nomi Comet ekanligi ma’lum. Shuningdek, bu smartfon yuqori qismi «kemtik»li AMOLED-displeyga ega bo‘lishi hamda u Always-On Display texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi ham aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 -- iPhone X yarim narxida!

Korporatsiya o‘zining bu qurilmasiga 3000 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatishi ham ma’lum. Kuzatuvchilar fikricha, mazkur batareya Quick Charge 3.0 yoki undan ham yangi talqindagi tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Mi 8X, tabiiyki, ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, yana unda infraqizil port bo‘lishi, lekin NFC moduli bo‘lmasligi ham aytilmoqda. Android 8.1 Oreo talqini bazasidagi MIUI proshivkasiga ega bu yangi modelini Xiaomi joriy yilning sentyabrida taqdim etishi mumkin. Hatto uning narxi ham taxmin qilinmoqda – yangi smartfon 315 dollar atrofida sotilishi kutilayotir.

O‘QING: Qaysi Xiaomi smartfoni birinchi bo‘lib Android P’gacha yangilanadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.