Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2630
  •  03.11.2018 11:53

Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

«Butunjahon shoping kuni»da – Xitoydagi «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataluvchi 11 noyabr sanasida ko‘plab internet-do‘konlar turli chegirmalarni yo‘lga qo‘yishadi. Ammo ularning hammasi ham haqqoniy bo‘lavermaydi...

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Shuningdek, ayrim ishlab chiqaruvchilar ham ushbu kundan unumli foydalanib qolishadi. Masalan, o‘tgan yilgi «Bo‘ydoqlar kuni»da Xiaomi Mi6’ning «yengil» talqini chiqqan edi. Mazkur kompaniya bu yil ham «Butunjahon shoping kuni»dan unumli foydalanib qolmoqchi, demoqda Xitoy nashrlari.

Xullasi kalom, Xiaomi shu kunlarda yangi smartfon – Redmi Note 6 modelini taqdim etmoqchi. Bu haqda u rasmiy Weibo-akkaunti orqali e’lon qilgan:

Mish-mishlarga qaraganda, Redmi Note 6 savdosini kompaniya aynan «Bo‘ydoqlar kuni»da boshlamoqchi.

O‘QING: Redmi Note 6 Pro – Xiaomi’ning to‘rtta kamerali, iPhone X dizaynli ajoyib smartfoni!

Aytish kerakki, anonsi berilayotgan Redmi Note 6 modelining tasvirlariga qarab, uning avvalroq taqdim etilgan, ammo taqdimotidan avval sotuvga ham chiqib ulgurgan Redmi Note 6 Pro fabletidan farqini topish qiyin. Kim biladi, bu ayni o‘sha modelning Xitoy uchun chiqarilayotgan va shunchaki nomidan «Pro» qismi olib tashlangan talqinidir. Yaqin kunlarda bu savollarga oydinlik kiritilsa kerak – ulardan bexabar qolmaslik uchun bizni kuzatishda davom eting.

Anons qilinayotgan smartfonning narxi va Xitoydan tashqariga chiqish-chiqmasligi ham hozircha noma’lum. Xiaomi Redmi Note 6 Pro smartfoniga kelsak, u aynan jahon bozoriga mo‘ljallangan va global proshivkaga ega. Ayni damda Terashop.uz internet-do‘konimizda uning tezkor xotirasi 32 gigabaytlik talqinini 1 559 000 so‘mga sotib olish, 64 gigabaytligini esa 1 769 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!