Xiaomi rekordchi ekran va Dimensity 1000+ chipli hamyonbop flagman tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  941
  •  29.05.2020 11:28

Xiaomi rekordchi ekran va Dimensity 1000+ chipli hamyonbop flagman tayyorlamoqda

Weibo tarmog‘ida DigitalChatStation nikli insayderning yozishicha, Xiaomi keng iste’molchilar ommasiga mo‘ljallangan o‘rta narxli smartfon tayyorlamoqda. Hamyonbop bo‘lsa-da, unda kadr yangilanish chastotasi naq 144 gerslik displey qo‘llanadi, bu esa mazkur kompaniya uchun rekord ko‘rsatkichdir.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

«Xitoycha Apple» kutilayotgan ushbu qurilmasining «elektron yuragi» tarzida MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 Plus rusumli flagman protsessorini tanlagan. Birinchi bor IQOO Z1 5G o‘yinbop flagmanida qo‘llangan yangi chipsetning ilg‘or xususiyatlaridan biri – u bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘ida ishlovchi ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirgacha eng kuchli chipsoz – Qualcomm ham, Samsung yoki Huawei ham bunaqa mobil protsessor yaratgan emas.

DigitalChatStation rekordchi ekranga ega smartfonning qanday nom bilan chiqarilishini aytmagan. Biroq flagman protsessori bilan ham o‘rta narx toifasiga mansub qurilma bo‘lsa, uning Redmi brendi ostida taqdim etilishi mantiqqa mos. Ehtimol, bu navbatdagi «Killer» – Redmi K turkumidagi yangi flagman bo‘lib chiqar.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!