Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

  •   DiMaX
  •  3351
  •  22.06.2019 13:35

Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchilar odatda o‘z mahsulotlariga tegishli grafik qobiqni o‘rnatishadi. Foydalanuvchilar esa uning ustidan yana o‘zlariga ma’qul keluvchi biror launcher o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun qulay va bepul Mint Launcher’ni namoyish qildi

Reddit resursida kuni kecha Xiaomi smartfonlarining foydalanuvchilari orasida so‘rov o‘tkazildi. Ular MIUI grafik qobig‘iga ideal tarzda mos keladigan launcherni aniqlashdi.

Fanatlarning fikricha, bu borada Xiaomi kompaniyasi tomonidan o‘z smartfonlariga mo‘ljallab ishlab chiqilgan Poco Launcher ilovasiga teng keladigani yo‘q ekan. Ushbu dastur «xitoycha ayfon»larning imkoniyatlarini yanada yaxshiroq namoyon etish uchun eng maqbul launcher, deb topildi.

Qizig‘i shundaki, Xiaomi ushbu mahsulotini hech reklama qilmaydi va shu bois ko‘pchilik foydalanuvchilar undan bexabarlar. Holbuki, Poco Launcher mutlaqo bepul bo‘lib, mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Reddit foydalanuvchilarining ta’kidlashlariga ko‘ra, Poco Launcher’ning eng muhim afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • belgichalarning betakror jamlanmasi mavjud;
  • MIUI grafik qobig‘iga ideal tarzda optimizatsiya qilingan;
  • root huquqi bo‘lmasa ham smartfonning ko‘p imkoniyatlariga kirish mumkin;
  • tezkor va zamonaviy animatsiyalari bor;
  • ilovalarni yashirish, barmoq izi bilan himoyalash mumkin;
  • vidjetlar paneli takomillashtirilgan;
  • ko‘plab MIUI talqinlarini, jumladan – nisbatan eski MIUI 8 bilan ham «kelishib» ketadi;
  • akkumulyator quvvatini minimal darajada kam sarflaydi.

O‘QING: Xiaomi rahbari: «Bu ikki smartfonni endi kutmay qo‘yavering!»

Yuqoridagilardan tashqari, Reddit foydalanuvchilari Poco Launcher hatto o‘ta ommabop Nova Launcher ilovasidan ham ustun ekanini alohida ta’kidlashgan.

Siz-chi, Xiaomi smartfoningizda biror launcher ishlatasizmi? Har ehtimolga qarshi, Terashop.uz internet-do‘konimizda bu kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan olish imkoni ham bor!

O‘QING: Redmi Note 7, Mi 9 SE va Mi Play arzonlashdi – Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 17 iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!