Xiaomi yana Ginnessning rekordlar kitobida: bu gal u qanday «karomat» ko‘rsatdi?

  •   DiMaX
  •  1658
  •  28.12.2019 13:28

Xiaomi yana Ginnessning rekordlar kitobida: bu gal u qanday «karomat» ko‘rsatdi?

Ishlab chiqaruvchilar nafaqat o‘z mahsulotlari, balki antiqa tadbirlari bilan ham rekord o‘rnatishga qiziqishadi. Masalan, Xiaomi o‘tgan yili Mi Play smartfonlarining naq 1005 tasidan animatsiyali mozaika yaratib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan edi.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Ginnessning kitobiga kiritilgan navbatdagi rekordini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, kompaniya tashkil etgan qadoqlarni ochish tadbirida eng ko‘p – 703 kishi ishtirok etgan.

Aytish kerakki, bu yerda aynan smartfonlar qutisi haqida gap ketmayapti, balki Xiaomi o‘z fanatlariga atalgan turli sovg‘alarni qutilarga solib tarqatgan va ularga tasodifiy hadyalar tushgan. Suratga qaraganda, kishilar o‘zlariga berilgan qadoqlarni osmonga shunday otishlari kerak bo‘lganki, ularning ichidagi noma’lum sovg‘a otilib chiqishi kerak bo‘lgan.

«Mi-stery Box» deb nomlangan ushbu tadbir Nyu-York markazida bo‘lib o‘tgan. Xiaomi shu yo‘l bilan Ginness rekordlar kitobiga kirishdan tashqari, AQSh bozorida o‘ziga e’tibor jalb etishni ham ko‘zlagan. Mazkur korporatsiya bu bozorga nisbatan yaqinda kirib kelgan, ammo faqat elektrik samokat va proyektor kabi mahsulotlarni sotmoqda. Bizda juda ommabop bo‘lgan Xiaomi smartfonlari esa AQShda hozircha sotilmayapti.

O‘QING: Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!