Xiaomi yana ikkita smartfoni kamerasini Mi Mix 3 darajasigacha kuchaytiryapti!

  •   DiMaX
  •  1247
  •  31.10.2018 13:04

Xiaomi yana ikkita smartfoni kamerasini Mi Mix 3 darajasigacha kuchaytiryapti!

Shu yilning 25 oktyabrida taqdim etilgan ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 flagmani bir qator jihatlariga ko‘ra rekordchi bo‘lganidan xabaringiz bor. Jumladan, «xitoycha Apple» uning kamera sifati bo‘yicha Huawei P20 Pro’dan ustun ekanini ham ta’kidlagan.

O‘QING: Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Aytish kerakki, Xiaomi Mi Mix 3 kamerasini professional DxO Mark servisi mutaxassislari yuqori baholashgan. To‘g‘ri, u baribir yilning eng kuchli kamerofoni – Huawei P20 Pro bilan bellasha olmaydi, ammo Samsung Galaxy Note 9 hamda HTC U12+ bilan bir qatorda yuqori natija ko‘rsatgan – 109 ochko olgan.

Qizig‘i shundaki, Mi Mix 3 kameralarining apparat ta’minoti ham Xiaomi kompaniyasining avvalgi ikkita flagmani – Mi 8 hamda Mi Mix 2S modellaridagi bilan bir xil. Slayder mexanizmli yangi smartfonning kamerasi boshqa tomoni – dasturiy ta’minoti bilan bunaqa yuksak natijaga erishgan.

Haqli savol tug‘iladi: shunday ekan, u bilan aynan bir xil kamerali shu ikki smartfonning kamerasini ham dasturiy yangilanish tufayli Mi Mix 3 darajasiga ko‘tarishning iloji yo‘qmi? Bu savolga Xiaomi rahbari Ley Szyun (Lei Jun) javob berdi: «Buning iloji bor va shunday qilyapmiz ham!»

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Xullasi kalom, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali «xitoycha Apple» rahbarining e’lon qilishicha, Xiaomi mobil qurilmalari uchun dasturiy ta’minot tayyorlovchi R&D jamoasiga shunday yangilanish tayyorlash vazifasi topshirilgan. Faqat bu ish ma’lum bir vaqt talab etgani bois, Mi 8 hamda Mi Mix 2S foydalanuvchilari sal vaqt sabr qilib turishlariga to‘g‘ri keladi.

Shungacha esa Terashop.uz internet-do‘konimizda Xiaomi Mi 8 flagmanining tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik talqinini 3 499 000 so‘mga sotib olish, 6/128 gigabaytligini esa 3 949 000 so‘mga – xarid qilish imkoni mavjud. Shuningdek, internet-do‘konimizda endi yangi tovar – 2018 yilning aprelidan to oktyabriga qadar benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani ham borligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Bundan tashqari, mazkur do‘konda «xitoycha Apple»ning boshqa smartfonlarining ham narxlari kuni kecha pasaytirilganligini eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!