Xiaomi yana oltita smartfoniga global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

  •   DiMaX
  •  1557
  •  17.09.2018 09:01

Xiaomi yana oltita smartfoniga global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

«Xitoycha Apple» o‘zining MIUI 10 talqinidagi grafik qobig‘ini 31 may kuni taqdim etgan bo‘lsa-da, unga asoslangan proshivkalarni sal keyinroq tarqata boshlagan. Shunda ham dastlab Xitoydagi smartfonlar uchun, keyinroq esa bittagina model uchun yakuniy talqindagi global proshivka foydalanishga topshirilgandi.

O‘QING: Barqaror global MIUI 10 birinchi bo‘lib Xiaomi’ning arzon smartfoniga tarqatilmoqda

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasi dasturchilari MIUI 10 talqini bazasidagi global proshivkaning barqaror talqinini yana oltita rusumdagi smartfon uchun taqdim etishdi. Ular tegishli smartfon modeliga bog‘liq holda Android Oreo yoki Nougat talqinidagi operatsion tizim asosida tayyorlangan bo‘lsa-da, interfeysi Android 9 Pie versiyasidagiga juda yaqinlashtirilgan.

Xullasi kalom, barqaror global MIUI 10 proshivkasi keyingi uch yil ichida taqdim etilgan quyidagi rusumlarga mansub smartfonlar uchun tarqatilmoqda:

  1. Xiaomi Redmi Note 5 Pro;
  2. Xiaomi Mi MIX;
  3. Xiaomi Mi MIX 2;
  4. Xiaomi Mi 5;
  5. Xiaomi Mi 6;
  6. Xiaomi Mi Note 2.

O‘QING: iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Ushbu rusumlardagi smartfonlarni egalari MIUI 10 Global Stable proshivkasigacha yangilab, uning imkoniyatlarini birinchilar qatorida sinab ko‘rishlari mumkin. Unda turli ilovalarning ishga tushirilishi maxsus algoritmlar evaziga tezlashtirilgan, yana chuqur optimizatsiya tufayli qurilmaning avtonomligi (batareya quvvatining ko‘proq vaqtga yetishi) yaxshilangan. Proshivkaning o‘zidayoq Google servislari va interfeysning kerakli tillari mavjud.

Odatdagidek, Xiaomi ushbu dasturiy ta’minot apdeytini «havo orqali» bosqichma-bosqich tarqatmoqda, shu sababli ro‘yxatda nomlari keltirilgan qurilmalar egalari yangilanishlar mavjudligini tekshirib turishlari lozim – bizning hudud uchun ham tez orada kelib qolsa kerak.

Mazkur smartfonsozning bir qator gadjetlarini tegishli kafolati bilan Terashop.uz internet-do‘konidan olish imkoni mavjud. Jumladan, yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham ushbu do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)