Xiaomi'ning "buklamafon"ini tomosha qilamiz!

Xiaomi'ning

Xiaomi kompaniyasi Yevropa ittifoqi intellektual mulk byurosidan o‘zining ilk buklanuvchi smartfoniga patent olgan edi. Endi esa LetsGoDigital sayti patentdagi chizmalarga asoslanib smartfonning real holatdagi ko‘rinishini yaratishga harakat qilib ko‘rgan.  

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Галерея дня: складной смартфон Xiaomi с гибким экраном в обновлённом дизайне

LetsGoDigital asosiy e’tiborni Xiaomi qurilmasining o‘zgaruvchan dizayniga alohida e’tibor qaratgan. Yil boshida ko‘rsatilgan model singari patentlangan qurilma yagona bukiluvchan displeyga ega bo‘lib, uni ikki marta buklash mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon ijara saytiga chiqdi: «ikki karra buklama displey», 60 MPlik kamera!

Галерея дня: складной смартфон Xiaomi с гибким экраном в обновлённом дизайне

Qurilma Xiaomi ko‘rsatgan modeldan ko‘ra korpusi qalinroq. Asosiy uchtalik kamerada suratga olish uchun qurilmani to‘liq yoyishga to‘g‘ri keladi. Bu albatta unchalik qulay emas va huddi planshetda suratga olishdek gap.

Smartfonning old kamerasi negadir ko‘rinmagan. Agar kompaniya yangi texnologiyalarga asoslangan – ekran osti kameradan foydalanmagan bo‘lsa, demak umuman selfi-kamera mavjud emas. Qurilmaning quyi qismida USB Type-C porti joylashgan, 3,5 mm lik audiotirqish esa mavjud emas.

O‘QING: Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Patentda smartfon to‘liq buklangan holati aks etmagan, ammo LetsGoDigital dizaynerlari o‘z fikrlaridan kelib chiqib, buklamafon yig‘ilgan vaqtida qanday ko‘rinishini aks ettirishgan.

Xiaomi’ning buklanuvchan smartfonini yil oxiriga kelib Xiaomi Mix Flex yoki Dual Flex nomi bilan taqdim qilishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!